Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JSST: Sudandagi mojaro qurbonlari soni 270 nafarga yetdi
JSST ma’lumotlariga ko‘ra, Sudanda mojaro avj olgandan beri halok bo‘lganlar orasida BMT Jahon oziq-ovqat dasturining uch nafar xodimi ham bor.
Foto: Reuters
Sudanda mamlakat armiyasi va Tezkor harakat kuchlari (RSF) o‘rtasida 15 apreldan beri davom etayotgan to‘qnashuvlar natijasida 270 kishi halok bo‘ldi, 2,6 mingdan ortiq kishi jarohat oldi. Bunday ma’lumotlarni 18 aprel, seshanba kuni Jyenevada bo‘lib o‘tgan brifingda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) bosh direktori Tedros Adhanom Gebreyyesus ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, halok bo‘lganlar orasida BMT Jahon oziq-ovqat dasturining uch nafar xodimi ham bor. «Sudandagi vaziyat chuqur tashvishga solmoqda», - dedi Gebreyyesus. «Men insonlar halok bo‘lishini qoralayman. Biz Sudandagi birodarlarimiz va opa-singillarimizga birdamlik bildiramiz», - deya ta’kidladi JSST rahbari.
Gebreyyesusning so‘zlariga ko‘ra, uning tashkiloti harbiy harakatlar boshlanishidan oldin Sudandagi tibbiyot muassasalariga tarqatgan yordam allaqachon tugagan. Biroq, davom etayotgan to‘qnashuvlar sharoitida keyingi yetkazib berishni tashkil qilishning iloji yo‘q. Shu bilan birga, poytaxt Xartumdagi shifoxonalarda yaradorlarni davolash uchun zarur vositalar yetishmaydi, deya qo‘shimcha qildi u. «Ba’zi tibbiy muassasalar talon-toroj qilingani, boshqalari esa harbiy maqsadlarda foydalanilayotgani haqida xavotirli xabarlar bor», - dedi Tedros Gebreyyesus.
15 apreldan buyon Sudanda mamlakatning amaldagi prezidenti - O‘tish davri suveren kengash rahbari Abdul Fattoh al-Burhon va kengash rahbari o‘rinbosari, Tezkor harakat kuchlariga rahbarlik qiluvchi Muhammad Hamdan Dagalo o‘rtasida ziddiyat keskin kuchaydi.
Mavzuga oid
14:52 / 08.12.2025
Sudanda bog‘chaga hujumdan so‘ng o‘nlab bolalar halok bo‘ldi
13:05 / 02.12.2025
Qizamiqdan o‘limlar soni kamaydi, lekin kasallanish ko‘rsatkichlari oshib bormoqda – JSST
20:28 / 16.11.2025
Misr qadimiy kasalliklardan biriga barham berilganini e’lon qildi
22:47 / 10.11.2025