Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Stoltenberg Kiyevga e’lon qilinmagan tashrif bilan keldi
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg e’lon qilinmagan tashrif bilan Kiyevga keldi.
Yyens Stoltenberg
Tashrif haqidagi ma’lumotni alyans vakili dpa’ga tasdiqladi. Uning tafsilotlari hali e’lon qilinmagan.
Shimoliy Atlantika alyansi Ukrainaga yordamni oshiradi, dedi uning bosh kotibi Yyens Stoltenberg 4 aprel kuni Bryusselda Ukraina-NATO komissiyasi yig‘ilishidan so‘ng.
Unda alyans a’zolari va hamkorlari Ukrainaga nafaqat harbiy, balki iqtisodiy va moliyaviy yordamni qanday kuchaytirishni muhokama qildi. Umuman olganda, ular allaqachon Kiyevga 150 milliard yevro miqdorida yordam ko‘rsatishgan, shundan 65 milliardi harbiy yordamdir, deya eslatdi Stoltenberg.
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Ukraina-NATO komissiyasi formatidagi uchrashuv deyarli 6 yil ichida birinchi marta o‘tkazilganidan mamnuniyat bildirdi. «Ko‘ryapmanki, biz nafaqat uni blokdan chiqarishga muvaffaq bo‘ldik, balki Vilnyusdagi sammit chog‘ida Ukraina prezidenti ishtirokida bunday uchrashuvni o‘tkazish istagi ham katta», — dedi u uchrashuvdan keyingi brifingda. Ukraina TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, bu nafaqat muhokama, balki ittifoqchilar va Kiyev uchun muhim qarorlar qabul qilish mexanizmidir.

Ko‘p yillik yordam paketini ishlab chiqish NATOning «mamlakat Yevroatlantika oilasiga, ittifoqimizga yaqinlashishini kafolatlash» uchun Ukrainaga uzoq muddatli sadoqatini ko‘rsatib berishi kerak, dedi uning bosh kotibi. Ushbu dastur tashqi tajovuz oldini olish va Ukraina mudofaasini ta’minlashi, shuningdek, Ukraina Qurolli kuchlari va NATO mamlakatlari armiyalari o‘zaro ta’sirini ta’minlashi va Ukrainaning alyans doktrinasiga, jihozlari va standartlariga o‘tishiga yordam berishi kerak.
Mavzuga oid
16:09 / 19.03.2026
Kiyev Hindistondan qo‘lga olingan ukrainaliklarni ozod etishni so‘ramoqda
11:55 / 14.03.2026
Saudi Aramco Ukrainadan dronlar sotib olayotgani haqidagi xabarni rad etdi
14:24 / 13.03.2026
YeI “Drujba” neft quvuri atrofidagi vaziyatni tekshirmoqchi
13:52 / 13.03.2026