Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boks. Bektemir Meliqo‘ziyev Rosadodan revansh oldi
AQShning Nevada shtati Las-Vegas shahrida o‘tayotgan professional boks kechasida Bektemir Meliqo‘ziyev Gabriel Rosadoga qarshi ringga ko‘tarildi.
75 kg vaznga ega o‘zbekistonlik va meksikalik bokschilar o‘rtasidagi jangda Bektemir raqibini mag‘lubiyatga uchratdi. 10 raundgacha mo‘ljallangan jang to‘liq davom etdi va yakunda Bektemir hakamlarning yakdil qarori bilan ochkolar hisobiga ko‘ra ustun keldi. Uchala referi ham hamyurtimizning – 99:91 hisobidagi g‘alabasini qayd etgan.
Shu tariqa, 27 yoshli Meliqo‘ziyev professional faoliyatidagi yagona mag‘lubiyat uchun o‘zidan 10 yosh katta bo‘lgan Gabriel Rosadodan revansh oldi.
Mavzuga oid
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026
O‘zbekistonlik bokschilar "Stranja-2026" musobaqasida 7 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi
10:01 / 22.02.2026