Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya bundesveri Sudandan evakuatsiya qilish missiyasini yakunladi
Germaniya harbiy-havo kuchlari oltita evakuatsiya parvozini amalga oshirib, 30 mamlakatdan bo‘lgan 600 dan ortiq odamni Sudandan olib chiqib ketdi.
Germaniya harbiy-havo kuchlarining harbiy transport samolyoti yana 120 ga yaqin odamni Sudandan Iordaniyaga olib ketdi. Germaniya Mudofaa vazirligining 25 aprel, seshanba kuni xabar berishicha, bu Germaniya qurolli kuchlarining (bundesver) harbiy to‘qnashuvga uchragan Afrika davlatidan hozirda rejalashtirilgan evakuatsiya parvozlari oxirgisi bo‘ldi. Sudanda bo‘lgan va aeroportga yetib bormagan Germaniya fuqarolari yaqin kunlarda boshqa hamkor davlatlar evakuatsiya reyslari orqali olib chiqiladi.
Hammasi bo‘lib, axborot agentliklari ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya harbiy-havo kuchlari oltita evakuatsiya parvozini amalga oshirib, 30 mamlakatdan 600 dan ortiq odamni Sudandan Iordaniyaga olib ketgan. Evakuatsiya missiyasiga 1000 ga yaqin nemis askari jalb qilingan. Germaniya Mudofaa vazirligi ta’kidlaganidek, missiya tugagandan so‘ng, bundesver kuchlari Germaniyaga qayta joylashtiriladi, ammo ular tezkor harakat qilish holatida bo‘ladi.
15 apreldan beri Sudanda Abdul Fattoh al-Burhon boshchiligidagi muntazam armiya va Muhammad Hamdan Dagalo boshchiligidagi Tezkor harakat kuchlari o‘rtasidagi ziddiyat keskin avj oldi. Janglar paytida, Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 450 dan ortiq odam halok bo‘lgan, 4000 dan ortiq kishi jarohatlangan. 2021 yil oktyabrdagi harbiy to‘ntarishdan beri Sudanni al-Burhon raisligidagi O‘tish davri suveren kengash boshqarib kelmoqda. Tezkor harakat kuchlari qo‘mondoni Dagalo uning o‘rinbosari edi.
Mavzuga oid
12:00 / 23.03.2026
Sudanda shifoxonaga hujum: o‘nlab qurbonlar
14:52 / 08.12.2025
Sudanda bog‘chaga hujumdan so‘ng o‘nlab bolalar halok bo‘ldi
22:47 / 10.11.2025
Ikki general urushi: «jahannamga aylangan» davlat haqida
16:04 / 04.11.2025