Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Norvegiyaning o‘n nafar diplomatini chiqarib yubordi
Norvegiyaning Moskvadagi elchisi Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirilib, unga “qattiq norozilik” bildirildi. Rossiya Norvegiyaning Moskvadagi elchixonasi va mudofaa attashesi idorasining o‘n nafar vakilini mamlakatdan chiqarib yubormoqda.
Foto: leta
Norvegiyaning Moskvadagi elchixonasi va mudofaa attashesi idorasining o‘n nafar vakili persona non grata deb e’lon qilindi. Bu haqda 26 aprel, chorshanba kuni Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumot berdi.
Norvegiya elchisi Robert Kvile Rossiya Tashqi ishlar vazirligiga chaqirildi. U Osloning Rossiyaning Norvegiyadagi elchixonasidan 15 nafar diplomat va harbiy attashe idorasi xodimlarini chiqarib yuborish qaroriga nisbatan “qattiq norozilik” oldi, deya ma’lum qildi Moskva. Diplomatga nota topshirilgan. Norvegiya elchisiga, shuningdek, boshqa chora-tadbirlar, jumladan, Norvegiya diplomatik vakolatxonalari tomonidan Rossiya fuqarolari orasidan xodimlarni yollashga cheklovlar qo‘yilishi aytildi.
Shu bilan birga, to‘rtta teleradioeshittirish korporatsiyasi - Shvetsiyadagi SVT, Norvegiyadagi NRK, Daniyadagi DR va Finlandiyadagi Yle - surishtiruv o‘tkazdi hamda Skandinaviya mamlakatlaridagi Rossiya elchixonalari ko‘plab xodimlarining Rossiya razvedka xizmatlari bilan aloqasi bor, degan xulosaga kelishdi.
SVT 21 nafar rossiyalik razvedka xodimini aniqladi, ulardan kamida 13 nafari Rossiyaning Stokholmdagi elchixonasida 2022 yil apreligacha ishlagan, deb yozadi Yle.
Mavzuga oid
15:09 / 13.01.2026
Norvegiya Ukrainaga 340 mln yevro yordam ajratmoqda
13:56 / 10.12.2025
Vengriya va Norvegiya bilan hamkorlikda baliq naslchilik markazlari tashkil etiladi
08:03 / 13.11.2025
Norvegiya Ukraina kreditiga yakka holda kafil bo‘lishdan bosh tortdi
23:40 / 10.11.2025