Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponlarga xos - yuk mashina ortida yaratilgan ko‘chma mini bog‘lar (fotojamlanma)
Aql bovar qilmas narsalarni yaponlar o‘ylab topishi odatga aylanib boryapti. Texnodunyoda oldinlab ketgan yaponlar tabiatni ham unutib qo‘ygani yo‘q. Jumladan, yaponlar kichik yuk mashinalar ortida o‘zgacha yashillikni yaratib, eng yaxshi kichik ko‘chma bog‘lar kimga tegishli ekanini aniqlash uchun tanlovda bellashishni ham boshlab yuborgan.
Kei Truck yoki Kei Tora — ushbu kichik hajmli yuk tashishga mo‘ljallangan transport vositasi Yaponiyada ishlab chiqariladi. Osiyoning ko‘plab davlatlarida ham keng tarqalgan. Odatda undan yuk tashishda foydalanishadi. Uning asosiy ustunligi — yengil hamda mobilligida. U tor ko‘chalarda ham bemalol manyovrlarni amalga oshira oladi.
Yaponiya landshaft dizaynerlari federatsiyasi har yili tanlov o‘tkazadi. Unga ko‘ra, ishtirokchilar eng yaxshi ko‘chma bog‘larni yaratish borasida bellashadi. Hakamlar esa landshaftchi avtodizaynerlar tomonidan yaratilgan eng yaxshi mobil bog‘ni aniqlaydi.
Quyidagi suratlar orqali ko‘chma bog‘larning go‘zalligiga o‘zingiz baho berishingiz mumkin.
Foto: BigPicture
Foto: BigPicture
Foto: BigPicture
Foto: BigPicture
Foto: BigPicture
Foto: BigPicture
Foto: BigPicture
Foto: BigPicture
Foto: BigPicture
Foto: BigPicture
Foto: BigPicture
Mavzuga oid
14:12 / 23.03.2026
Hind-Tinch okeanida yangi yaqinlashuv: Berlin Tokio bilan aloqani mustahkamlamoqda
09:29 / 23.03.2026
Pistorius: Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni yumshatish mumkin emas
21:04 / 19.03.2026
Yaponlar dunyodagi eng xunuk deb ta’riflanayotgan samolyotni qurdi
07:32 / 28.02.2026