Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiyada 1 may namoyishlari politsiya bilan to‘qnashuvga aylanib ketdi
Fransiyada pensiya islohotiga qarshi norozilik namoyishlari to‘xtamayapti. Kamida 291 namoyishchi qo‘lga olingan, 108 politsiyachi yaralangan, dedi ichki ishlar vaziri.v
1 may, dushanba kuni Fransiyaga yuz minglab namoyishchilar prezident Emmanuel Makron tashabbusi bilan boshlangan pensiya islohotiga qarshi namoyishga chiqdi. Hukumat ma’lumotlariga ko‘ra, butun mamlakat bo‘ylab namoyishchilarning umumiy soni 782 mingga yetgan. Kasaba uyushmalari 2,3 million namoyishchi haqida ma’lumot berdi. Bir qator shaharlarda namoyishlar politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylangan. Zo‘ravonlik holatlari, xususan, Parij, Lion va Nantda qayd etilgan, deya xabar beradi dpa agentligi.
AFP axborot agentligi xabariga ko‘ra, Parijda namoyishchilar politsiyachilarga narsalar uloqtirgan, bir qancha bank va ko‘chmas mulk oynalarini sindirgan, xavfsizlik kuchlari esa ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlar bilan javob bergan.
Rasmiylarga ko‘ra, Parijda bir politsiyachining yonuvchi moslama otilgani oqibatida yuzi va qo‘llari qattiq kuygan. Poytaxtda kamida 46 kishi qo‘lga olingan, deb xabar berdi AFP.
Lionda namoyishchilar kamida to‘rtta mashinaga o‘t qo‘ygan, bu yerda 40 kishi qo‘lga olingan. Nantda ham namoyishchilar politsiyaga qarata narsalar uloqtirdi, huquq-tartibot xodimlari ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz qo‘lladi.
1 may oqshomida 291 nafar namoyishchi qo‘lga olingan, 108 nafar politsiyachi yaralangan, dedi Fransiya ichki ishlar vaziri Jyerald Darmanen.
Mavzuga oid
09:55 / 14.07.2026
Fransiyada o‘rmon yong‘ini: mingga yaqin kishi evakuatsiya qilindi
21:45 / 09.07.2026
Saida Mirziyoyeva yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdi
08:43 / 09.07.2026
Pavel Durov Parijda yana so‘roq qilindi
09:25 / 03.07.2026