Jahon | 10:49 / 02.05.2023
8563
2 daqiqa o‘qiladi

Shveytsariya BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qilishni boshladi

May oyida BMT Xavfsizlik kengashiga raislik qiladigan Shveytsariya mojarolarda vositachi sifatidagi obro‘sini oqlash niyatida, dedi mamlakatning BMTdagi vakili Paskal Berisvil.

Foto: AP

1 may, dushanba kuni Shveytsariya birinchi marta BMT Xavfsizlik kengashining raisiga aylandi va Rossiya o‘rnini rotatsion ravishda egalladi. Bu oyda Xavfsizlik kengashiga rahbarlik qilib, u muloqot o‘rnatishda vositachi va yordamchi sifatida o‘z obro‘sini oqlamoqchi, dedi mamlakatning BMTdagi doimiy vakili Paskal Berisvil jurnalistlarga.

Ayni paytda, 2022-yil 24 fevralda Rossiyaning Ukrainaga harbiy hujumi boshlanganidan beri Shveytsariyaning betaraflik siyosati bilan bog‘liq qarorlari bir necha bor tanqid qilingan. Xususan, Bern rasmiylari Shveytsariyada ishlab chiqarilgan qurollarning boshqa davlatlar tomonidan Kiyevga o‘tkazilishiga bir necha bor veto qo‘ygan. Bundan tashqari, u sanksiyaga uchragan rossiyaliklarning shaxsiy aktivlarini Ukrainani tiklashga topshirishdan bosh tortdi va bunday aktivlarni muzlatish guruhiga qo‘shildi.

Aprel oyida Rossiya BMT Xavfsizlik kengashiga rais bo‘ldi. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Nyu-Yorkda BMT Xavfsizlik kengashi tadbirlariga mezbonlik qildi. Ulardan birida u G‘arbni “butun insoniyat nomidan gapirish” huquqiga ega bo‘lmagan “ozchilik” deb atadi. 

O‘z navbatida, Lavrov ishtirokidagi uchrashuvlarning boshqa ishtirokchilari Moskva harakatlarini keskin tanqid qildi. Xususan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh kotibi Antoniu Guterrishning ta’kidlashicha, Rossiya bosqinchiligi “mamlakat va uning xalqiga katta iztirob va vayronagarchilik keltirmoqda”, shuningdek, COVID-19 pandemiyasi sabab bo‘lgan iqtisodiy notinchlikni yanada kuchaytirmoqda. 

“Yirik davlatlar o‘rtasidagi taranglik tarixiy cho‘qqiga yetdi”, - deya ta’kidladi u va ular o‘rtasidagi to‘qnashuv xavfi ham xuddi shunday yuqori ekanligini qo‘shimcha qildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid