Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh hukumati O‘zbekistondagi Global seysmik tarmoq stansiyasiga homiylik qiladi
Joriy yilning 3 may kuni San-Diyegodagi Kaliforniya universiteti va O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Respublika Seysmologik prognoz va monitoring markazi Jizzax shahriga yaqin hududda joylashgan Qorasoyda yangi zamonaviy seysmik stansiya o‘rnatilgani haqida ma’lum qildi.
Yangi seysmik stansiyaning ochilish marosimida AQSh elchisi Jonatan Henik va favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari Muxtor Muhiddinov qatnashdi.
Dunyo bo‘ylab 150 dan ortiq stansiyadan iborat AQSh Global seysmik tarmog‘ining bir qismi sifatida ushbu stansiyani AQSh hukumati moliyalashtiradi.
U AQSh Milliy ilm-fan jamg‘armasi ko‘magida San-Diyegodagi Kaliforniya universiteti Xalqaro akselerometrni joylashtirish dasturi doirasida texnik xizmat ko‘rsatish va o‘qitish bilan ta’minlanadi. Ushbu stansiyada to‘plangan ma’lumotlar butun dunyo bo‘ylab foydalanuvchilar, jumladan, olimlar, muhandislar, talabalar va keng jamoatchilik uchun mavjud bo‘ladi.
Stansiya O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda jahon seysmik faolligini yaxshiroq tushunish uchun yaratilgan. Stansiyadan olingan ma’lumotlar zilzilalar joyini aniqlash va ular keltirib chiqaradigan xavflarni kamaytirish uchun ishlatilishi mumkin, bu esa jamoat xavfsizligi va fundamental fan uchun muhimdir.
Mavzuga oid
17:54
Milliy gvardiya va Pentagon ikki yillik hamkorlik rejasini muhokama qildi
14:37
AQSh-Eron muzokarachilari Dohaga kelyapti: Ho‘rmuz diqqat markazida
08:55 / 29.06.2026
AQSh va Eron yana o‘zaro hujumlarni to‘xtatishga kelishdi
10:45 / 27.06.2026