Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX 3 hududda noqonuniy yer sotish holatlarini aniqladi
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida Qashqadaryo, Samarqand va Sirdaryo viloyatlarida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida yer maydonlarining noqonuniy sotilishi bilan bog‘liq holatlarga chek qo‘yildi.
DXX xabariga ko‘ra, Qarshi shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Nishon tumanida yashovchi fuqaro o‘z o‘g‘lining nomida bo‘lgan xususiy korxona 30 sotix yer maydonini xaridorga 100 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 30 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Samarqand viloyatida kuzatilgan holatda esa Samarqand tumanida yashovchi fuqaro o‘z o‘g‘liga tegishli fermer xo‘jaligiga 2010 yil mahalliy hokimlik tomonidan ajratib berilgan yer maydonidan 15 gektarini xaridorga 15 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Boshqa bir holatda esa Guliston shahrida yashovchi, muqaddam sudlangan shaxs o‘zga bir fuqaroning nomida bo‘lgan va dehqon xo‘jaligi uchun ajratilgan 10 sotix sug‘oriladigan yer maydonini, go‘yoki o‘ziga tegishli ekanligini aytib, uning 5 sotixini kadastr tizimidagi tanishlari yordamida xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 7400 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksi tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
10:57
Toshkentda 34 kilogrammdan ziyod narkotik moddalar musodara qilindi
08:18 / 04.06.2026
1,5 gektar yerni «sotish» bahonasida 750 ming dollar so‘ragan shaxs ushlandi
08:20 / 03.06.2026
DXX tezkor tadbiri: Trackerʼdan 8,9 kg gashish topildi
08:30 / 02.06.2026