Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Makkada xorazmlik ayollar o‘g‘irlik qilgani va qidiruvga berilgani rad etildi
Ularni ijtimoiy tarmoqlarda obro‘sizlantirishga uringan shaxslar aniqlangan.
Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi uch nafar xotin-qiz Makkaga ziyoratga borganida do‘konchilarning namozga ketganidan foydalanib, zargarlik buyumlarini o‘g‘irlagani, Saudiya Arabistoni ularni qidiruvga bergani, ularning qo‘li kesilishi yoki kallasidan judo qilinishi haqida ijtimoiy tarmoqlarda foto va ovozli xabarlar tarqalgan edi.
Bu ayollar Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga ariza bilan murojaat qilganidan keyin, ushbu ovozli xabarlarni tarqatgan shaxslar aniqlangan.
Dastlabki surishtiruvlar jarayonida ular ushbu ovozli xabarlarni hech qanday asossiz tarqatgani ma’lum bo‘lgan.
Hozirgi paytda ovozli xabarlarni tarqatgan shaxslarning xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
11:40 / 08.06.2026
Toshkent va Xorazmda yirik giyohvandlik savdosiga chek qo‘yildi
07:09 / 02.06.2026
1,7 million ziyoratchi va aqlli boshqaruv. Haj-2026 yakunlari
08:37 / 29.05.2026
Jahon boylik xaritasi o‘zgarmoqda: yangi liderlar paydo bo‘lmoqda
08:52 / 27.05.2026