«Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga qo‘shimchalar kiritilmoqda
Qonunchilik palatasi majlisida «O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tizimida qonuniylikni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilanganligi munosabati bilan «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.
«Mamlakatimiz xavfsizligi va tinchligini, xalqimiz osoyishtaligini saqlashda zamonaviy qurollangan milliy armiyani shakllantirish va Qurolli Kuchlar tizimi muhim o‘rin tutadi», — dedi O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari Botir Qudratxo‘jayev.
Hujjat bilan «Prokuratura to‘g‘risida»gi qonunga Harbiy prokuratura organlarining O‘zbekiston Qurolli kuchlari tizimida qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirishga, shuningdek, harbiy prokuratura organlariga xodimlarni harbiy xizmatga qabul qilish, lavozimidan ozod etish hamda ularga harbiy unvonlar berishga doir qo‘shimchalar kiritish nazarda tutilmoqda.
Qonun loyihasi qabul qilinishi O‘zbekiston Qurolli kuchlari tizimida qonuniylikni ta’minlashga, shu jumladan Qurolli kuchlar tizimida mamlakat xavfsizligi va hududiy yaxlitligini ta’minlashga doir qonunchilik hujjatlariga so‘zsiz rioya etilishini, budjet mablag‘lari va davlat mulkini talon-toroj qilish holatlarining oldi olinishiga hamda harbiy prokuratura organlarining mustaqilligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Qonun loyihasi yuzasidan bildirilgan fikr-mulohazalardan so‘ng hujjat deputatlar tomonidan qabul qilindi.
Mavzuga oid
22:39 / 13.11.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisini zo‘rlaganlikda gumonlanib 8 kishi ushlangan – Bosh prokuratura
12:03 / 13.11.2024
Samarqandda maktab o‘quvchisi bir guruh shaxslar tomonidan o‘g‘irlab ketilib, zo‘rlandi
09:59 / 13.11.2024
Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi qonun tatbiq etiladigan tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi
15:01 / 05.11.2024