Jahon | 17:22 / 05.05.2023
3499
2 daqiqa o‘qiladi

YeI Rossiyaning Ukrainadagi fuqarolik infratuzilmasiga yangi hujumlarini qoraladi

Foto: AP

Rossiyaning Ukraina fuqarolik infratuzilmasiga betartib hujumlari urush jinoyati hisoblanadi, deya ma’lum qildi Yevropa Ittifoqi. Bryussel Kiyev, Odessa va Xerson viloyatining raketa va dronlardan o‘qqa tutilganiga ishora qildi.

Yevropa Ittifoqi Rossiyaning yaqinda Ukraina tinch aholi manzillariga uyushtirgan hujumlarini qoraladi. Joriy hafta Rossiyaning qo‘shni davlatga qarshi urushining navbatdagi avj olishi va «tinch aholi yashovchi hududlarning tobora ko‘proq tartibsiz va qonli o‘qqa tutilishi» bo‘ldi, dedi 5 may, juma kuni Yevropa Ittifoqining tashqi siyosat bo‘yicha rasmiy vakili Piter Stano.

Raketalar va uchuvchisiz uchish apparatlarining nishonlari Odessa va Kiyev bo‘lgan, deya bildirdi Bryussel. Bundan tashqari, Rossiya og‘ir artilleriyadan foydalangan holda Xerson viloyatidagi fuqarolik infratuzilmasiga betartib zarbalar berdi, deya qo‘shimcha qildi Stano. Xersondagi so‘nggi bunday hujum natijasida 20 dan ortiq odam halok bo‘ldi, yana 50 ga yaqin kishi jarohat oldi, ularning barchasi tinch aholi edi, deya ta’kidladi YeI.

Bryussel Moskvani «tinch aholini o‘ylamay o‘ldirish va fuqarolik infratuzilmasini yo‘q qilishni» zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi. «Rossiyaning tinch aholi nishonlariga betartib hujumlari urush jinoyatidir», deb eslatdi Yevropa Ittifoqi. Yevropa Ittifoqi bu hujumlarning yetakchilari, ijrochilari va sheriklari jazosiz qolmasligini ochiq aytdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid