O‘zbekiston | 13:26 / 06.05.2023
3220
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston-Fransiya savdo palatasi tashkil etiladi

O‘zbekiston-Fransiya savdo palatasi tashkil etiladi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati xabarida aytilgan.

Foto: Dunyo

Shavkat Mirziyoyev kecha qo‘shma Hukumatlararo komissiya hamraisi, Fransiya tashqi savdo, iqtisodiy jozibadorlik masalalari va xorijdagi fransuz fuqarolarining ishlari bo‘yicha vazir-delegati Olive Besht boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

“Yashil” iqtisodiyot, qazib chiqarish tarmog‘i, turizm infratuzilmasi va kommunal tarmoqlarni modernizatsiya qilish, boshqa ustuvor yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan strategik loyihalar izchil borayotgani qayd etildi.

O‘zbekiston yetakchisi O‘zbekiston-Fransiya savdo palatasini ta’sis etish va ishbilarmonlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimini joriy etish borasidagi rejalarni qo‘llab-quvvatladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid