Prezident OAVning jamiyatdagi o‘rnini e’tirof etdi
Bugungi kunda xalq ovozi va fikrini keng jamoatchilikka, davlat idoralari e’tiboriga olib chiqayotgan eng ta’sirchan kuch, bu – ommaviy axborot vositalari va jurnalistlar ekani ta’kidlandi.
«Jamiyatimizdagi ochiqlik siyosatini izchil davom ettirish maqsadida ommaviy axborot vositalari faoliyatining erkinligi, axborot olish, foydalanish va tarqatishga bo‘lgan huquqlar qat’iy kafolatlanmoqda.
Shu bilan birga, so‘z erkinligi bu – mas’uliyat ham degani. Ya’ni, axborot makonida haqqoniylik va xolislik bosh mezon ekanini ham unutmasligimiz zarur», - dedi davlat rahbari.
Ayni paytda, nodavlat tashkilotlarning rolini yanada oshirish, huquqlarini kafolatlash orqali fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilishi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, yangilangan Konstitutsiyadagi o‘zgarishlar bir qator siyosiy islohotlarni ham nazarda tutadi.
Bu borada parlament faoliyatida muhim o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, Qonunchilik palatasining mutlaq vakolatlari amaldagi 5 tadan 12 taga, Senatda esa 14 tadan 18 taga yetkazildi.
Ayni paytda palatalarning vakolatlariga ham aniqlik kiritildi. Jumladan, hukumatni shakllantirish, uning faoliyati ustidan parlament nazoratini amalga oshirish masalalari Qonunchilik palatasining vakolatiga o‘tkazildi.
Senatning faoliyati esa hududlar bilan bog‘liq masalalarni hal qilish, mahalliy Kengashlarga har tomonlama ko‘maklashish, joylarda, ayniqsa mahallalarda qonunlarning ijrosini ta’minlashga yo‘naltirilishi zarur.
«Endi ular pastga tushib, ko‘proq odamlarimiz bilan uchrashib, ularning muammolarini eshitsa, vazirlar va hokimlar bilan birgalikda har bir masala bo‘yicha aniq yechimlarni topsa, bundan umumiy ishimizga faqat foyda bo‘ladi», dedi prezident.
Mavzuga oid
18:52 / 23.11.2024
Prezident Toshkentda «Xushnud» mahallasi aholisi bilan uchrashdi
16:37 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev: Tadbirkor - iqtisodiyot poydevori, davlat tayanchi
15:15 / 23.11.2024
Shavkat Mirziyoyev Yangihayotda barpo etilayotgan “Yangi avlod” maxsus sanoat zonasida bo‘ldi
13:42 / 23.11.2024