Jahon | 07:43 / 08.05.2023
10459
2 daqiqa o‘qiladi

WSJ: Kiyev va Moskva 2023 yil oxirigacha muzokaralarni boshlashi mumkin

AQSh va Yevropa Ittifoqidagi siyosiy elita Ukraina hujumi va Xitoy vositachiligi muzokaralar uchun yo‘l ochadi, deb o‘ylayapti. Bu fikrni AQSh sobiq davlat kotibi, 99 yoshli Genri Kissinjyer qo‘llab-quvvatladi.

Foto: chinadaily

Ukrainaning yaqinlashib kelayotgan qarshi hujumi Rossiya va Ukraina o‘rtasida 2023 yil oxirida Xitoy vositachiligida bo‘lib o‘tishi mumkin bo‘lgan tinchlik muzokaralarini yaqinlashtirishi mumkin. Bu haqda 7 may, yakshanba kuni Amerika va Yevropa rasmiylarining fikriga tayanib, The Wall Street Journal (WSJ) yozdi. Nashr ta’kidlashicha, ilgari Xitoyning vositachilik roliga shubha bilan qaragan G‘arb endilikda Pekinning Kiyev va Moskva o‘rtasidagi muzokaralarda ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlashga tayyor.

WSJ tomonidan iqtibos keltirilgan rasmiylarga ko‘ra, bu o‘zgarishlar hech bir tomon urushni cheksiz davom ettira olmaydi va Pekinning xalqaro tinchlik muzokaralarida rol o‘ynashga tayyorligi sinovdan o‘tkazilishi kerak, degan ishonchdan kelib chiqadi. Biroq, WSJ suhbatdoshlari Rossiya prezidenti Vladimir Putin davrida o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokara olib borilishiga ishonmayapti.

AQSh sobiq davlat kotibi Genri Kissinjyer CBS telekanaliga bergan intervyusida xuddi shunday fikrni bildirdi. "Endi, Xitoy muzokaralarga kirishdi, menimcha, ular yil oxirigacha yakunlanadi", dedi u va "haqiqiy muzokaralar"ni nazarda tutganini ta’kidladi. Kissinjyer, shuningdek, Rossiya bilan muzokaralarda AQShdan maslahatchi sifatida qatnashishga rozi bo‘lishini ham ta’kidladi.

Mavzuga oid