O‘zbekiston va Germaniya bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish masalasini muhokama qilyapti
O‘zbekiston va Germaniya Saksoniya-Anhalt federal yerida mavjud bo‘lgan 5 mingta ta’lim sohasidagi vakant joylar hamda bo‘sh ish o‘rinlarini to‘ldirish masalalarini muhokama qilmoqda.
Germaniyaning eng yirik nashrlaridan biri Sueddeutsche Zeitung gazetasi veb-saytida mehnat migratsiyasi sohasida O‘zbekiston-Germaniya hamkorligining istiqbollariga bag‘ishlangan maqola e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo”.
Nashrda qayd etilishicha, Saksoniya-Anhalt federal yeri Landtagining prezidenti Gunnar Shellenberger o‘zbekistonlik ishchilarni ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish niyatini ma’lum qilgan. Shuningdek, u tegishli loyiha O‘zbekistonning Berlindagi elchixonasi bilan hamkorlik doirasida amalga oshirilayotganini ta’kidlagan.
«Shartnoma loyihasiga muvofiq Saksoniya-Anhalt federal yeri hududida mavjud bo‘lgan 5 mingta ta’lim sohasidagi vakant joylar hamda bo‘sh ish o‘rinlarini 2024 yil 1 yanvardan 2028 yil 31 dekabrga qadar o‘zbekistonlik yoshlar va mehnat migrantlari tomonidan to‘ldirish ko‘zda tutilgan», deb yozadi Sueddeutsche Zeitung.
Mavzuga oid
20:26 / 12.11.2024
Germaniya bundestagida muddatidan oldin o‘tkaziladigan saylovlar sanasi ma’lum bo‘ldi
07:50 / 12.11.2024
Germaniyada Ukrainaga harbiy yordam ko‘rsatish g‘oyasini qo‘llab-quvvatlash pasaymoqda
20:57 / 11.11.2024
Germaniya TIV rahbari mudofaa xarajatlarini oshirishga chaqirdi
13:26 / 11.11.2024