Jahon | 09:43 / 10.05.2023
8977
2 daqiqa o‘qiladi

BMT: Ukrainada 9000 ga yaqin tinch aholi vakillari halok bo‘ldi

BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi Ukrainada 8791 kishining o‘limi va 14815 nafar tinch aholining jarohatlangani haqidagi ma’lumotlarni tasdiqladi.

Foto: Reuters

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga keng ko‘lamli bostirib kirishi boshlanganidan beri deyarli 9000 tinch aholi halok bo‘lgan. 8 may, dushanba kuni Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari boshqarmasi (BMT IHOKB) Ukraina tinch aholisi orasida tasdiqlangan qurbonlar haqidagi ma’lumotlarni yangiladi. Oxirgi axborotga ko‘ra, 2022 yil 24 fevraldan beri Ukrainada 8791 nafar tinch aholi vakillari halok bo‘lgan va 14815 nafari jarohat olgan.

Shu bilan birga, jinsini aniqlash imkoni bo‘lmagan halok bo‘lganlar orasida 3977 nafar erkak, 2367 nafar ayol va yana 1928 nafar kattalar bor. Bundan tashqari, IHOKB 519 bolaning o‘limi haqidagi ma’lumotlarni tasdiqladi.

Ayni paytda, jabrlangan tinch aholining aksariyati keng masofali portlovchi qurollardan yaralangan, undan 7297 kishi halok bo‘lgan va 14022 kishi yaralangan. 

Birlashgan Millatlar Tashkiloti statistik ma’lumotlari faqat odamlarning o‘limi va jarohati tasdiqlangan holatlar haqida. IHOKB fikricha, haqiqiy qurbonlar soni ancha yuqori bo‘lishi mumkin, chunki shiddatli janglar bo‘lgan ba’zi hududlardan ma’lumotlar kechikadi va ko‘plari hali ham tasdiqlanishi kerak. Gap Mariupol, Lisichansk, Popasna va Severodonetsk haqida ketmoqda, ularda ko‘plab qurbonlar bor, deyiladi bayonotda.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid