Jahon | 12:28 / 10.05.2023
15224
1 daqiqa o‘qiladi

ISW: Rossiya Ukraina qarshi hujumini to‘xtata olishini ko‘rsatmoqchi

AQSh Urushni o‘rganish instituti (ISW) yangi byulleteniga ko‘ra, Rossiya o‘zining UQK potensial qarshi hujumini to‘xtatishga qodirligini ko‘rsatish uchun Ukrainaga qarshi deyarli har kuni raketa zarbalarini uyushtirishga urinayotgan bo‘lishi mumkin. 

Foto: Maria Senovilla / EPA / Scanpix / LETA

Biroq, Rossiya zarbalari samaradorligining pasayishi Kiyevning harakatlarini sezilarli darajada cheklab qo‘ymaydi, deya ta’kidlaydi tahlilchilar. 

Ularga ko‘ra, Rossiya armiyasi raketa zarbalarini davom ettirmoqda, biroq bu Ukrainaning muhim infratuzilmasini o‘qqa tutish davridagidan kichikroq miqyosda sodir bo‘lmoqda. 

ISW mutaxassislarining ta’kidlashicha, bu xatti-harakatlar Rossiya kuchlari zarbalarning haqiqiy samaradorligidan ko‘ra muntazam raketa zarbalarini davom ettirishga ko‘proq e’tibor qaratganligini ko‘rsatishi mumkin.

Mavzuga oid