Rossiya qo‘shinlari Ukraina qarshi hujumiga tayyorgarlik ko‘rmoqda – NATO
Shu bilan birga, NATO davlatlari Ukrainaga va’da qilingan jangovar texnikaning 98 foizidan ortig‘ini topshirdi.
NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg CNN telekanaliga bergan intervyusida Shimoliy Atlantika alyansi Ukrainadagi urushda Rossiya qurolli kuchlarini past baholamasligi kerakligini aytdi.
«Biz hech qachon rossiyaliklarni past baholamasligimiz kerak. Front chizig‘i uzoq vaqt davomida o‘zgarishsiz holatda edi. Rossiya qo‘shinlari rejalashtirilgan qarshi hujumni qaytarish uchun muhim mudofaa chizig‘ini yaratishga muvaffaq bo‘ldi», deb tushuntirdi Stoltenberg.
NATO bosh kotibi Ukraina armiyasi hujumkor harakatlarining ehtimoliy istiqbollari haqida gapirmadi, chunki hali buning vaqti kelmaganini aytdi.
9 may kuni u NATO davlatlari allaqachon Ukrainaga va’da qilingan jangovar texnikaning 98 foizidan ortig‘ini topshirganini, shuningdek, kamida to‘qqizta zirhli tanklar brigadasini tayyorlaganini aytgan edi.
Alyans bosh kotibi Rossiya armiyasining jangovar qobiliyati va Rossiya oliy siyosiy rahbariyati niyatini past baholamaslik kerakligi haqida birinchi marta bayonot berayotgani yo‘q.
2023 yil yanvar oyida u Ukraina mojarosi kontekstida Rossiyani va Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ambitsiyalarini past baholash xavfli ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukrainadagi urush davomida Rossiya yo‘qotishlar va qiyinchiliklarga dosh berishga tayyorligini ko‘rsatgan.
Mavzuga oid
13:30
Tramp yutsa urushni bir sutkada to‘xtatishni va’da qilgandi. U yutdi - xo‘sh?
01:18
Rossiyalik o‘qituvchilar «NATOdan himoyalanish uchun» folgadan qalpoqlar yasadi
23:26 / 09.11.2024
“G‘arbning geosiyosiy ochko‘zligi kelishmovchiliklar bosh sababi” – Putinning “Valday”dagi chiqishi
17:00 / 09.11.2024