Jahon | 19:05 / 10.05.2023
5528
2 daqiqa o‘qiladi

Virgin Galactic birinchi marta sayyohlarni fazoga uchiradi

Chipta sotib olganlar 80 km balandlikka ko‘tarilishadi.

Foto: AP

Virgin Galactic kompaniyasining Galactic 01 missiyasi birinchi sayyohlarni 2023 yil iyun oyi oxirida fazoga uchiradi. Bu haqda kompaniya rahbari, milliarder Richard Brenson xabar berdi.

May oyida ekipaj bilan dastlabki test parvozlari amalga oshirilishi kutilmoqda.

Birinchi reysga chipta sotib olganlarning ismi hozircha oshkor etilmadi. Bunday parvozning narxi 450 ming dollarga (≈5,1 mlrd so‘m) teng.

Virgin Galactic kompaniyasi VSS Unity raketoplanida Yer orbitasiga birinchi parvozni 2021 yil yozida amalga oshirgan edi. Keyin Brensonning o‘zi taklifnoma olgan uch nafar sayyoh bilan samoga parvoz qildi. Keyingi reyslar uchun chiptalar faqat 2022 yilning fevral oyidan sotila boshlandi.

Bunday parvoz doirasida VSS Unity raketoplani White Knight Two tashuvchi samolyoti yordamida atmosferaga taxminan 15 km balandlikka ko‘tariladi. Keyin u ajralib chiqadi va o‘z dvigatelini ishga tushirib, 3 Max tezlikka erishadi va 80 km balandlikka ko‘tariladi. Parvoz paytida yo‘lovchilar vaznsizlikni his qilishi va derazalar orqali Yer yuzasini ko‘rishi mumkin.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid