Koinot turizmi bilan şuğullanuvçi milliarder Riçard Brensonning Virgin Galactic kemasi 29 iyun, payşanba kuni koinotga birinçi tijorat parvozini muvaffaqiyatli yakunladi.
Eve samolyot taşuvçisi VSS Unity kosmoplani bilan birgalikda AQŞning Nyu-Meksiko ştatidagi kosmoportdan uçirilgan, 13600 metr balandlikda kosmoplan taşuvçidan ajralib, öz dvigatellarini işga tuşirdi va maksimal 85 km balandlikka kötarilib, kosmosning çekkasiga yetib boradi.
Bortda Italiyadan uç nafar uçuvçi ofitser, şuningdek, Virgin Galactic kompaniyasidan ikki uçuvçi va bir instruktor bölgan. Butun parvoz taxminan bir yarim soat davom etdi. Ekipaj tortişiş kuçi bölmagan şaroitda bir neça daqiqa vaqt ötkazdi, şundan söng ular Yerga qaytdi. Kosmoplanning navbatdagi uçirilişi 2023 yil avgustiga möljallangan.
Şundan söng Virgin Galactic har oy parvoz qilişni rejalaştirmoqda. Hammasi bölib 800 ga yaqin odam 250 dan 450 ming dollargaça bölgan çiptalarni xarid qilgan. Kompaniya 2004 yilda taşkil etilgan, ammo öşandan beri texnik qiyinçiliklar tufayli uzoq vaqt davomida tijorat reyslarini yölga qöya olmadi. Unity kemasi 2018 yil oxirida 80 km balandlikka çiqdi. 2021 yilda kompaniya asosçisi Riçard Brensonning özi unda parvozni amalga oşirgan.













