Virgin Galactic 2026 yilning birinçi çoragida çipta savdosini qayta boşlaganidan söng, kosmik turizm parvozlari uçun narxlarni oşirişni rejalaştirmoqda. Bloomberğning yozişiça, kompaniya 2024 yil iyunida parvozlarni vaqtinça töxtatgan.

Milliarder Riçard Brenson asos solgan kompaniya ilgari suborbital parvozlar uçun çiptalarni har bir örin uçun taxminan 600 ming dollardan sotgan. Biroq 2026 yilda narxlar qançaga kötarilişi haqida hozirça ma’lumot berilmagan.

Virgin Galactic’ka köra, ilmiy-tadqiqot missiyasini amalga oşiradigan yangi kosmik kemaning ilk parvozi 2026 yil yoziga möljallangan. Astronavtlarning parvozlari esa kuzdan qayta tiklanadi.

Yangilangan Delta kemalari avvalgi modellardan farqli ravişda tört nafar emas, olti nafar yölovçini siğdira oladi. Kompaniyadagilarning ta’kidlaşiça, ular hozirda kosmosga parvoz qilişni kutayotgan mijozlar navbatini taxminan bir yil içida tugatişga muvaffaq böladi.

Virgin Galactic’ning sönggi kosmik turistik parvozi 2024 yil 8 iyunda bölib ötgan. Unda Turkiya, AQŞ va Italiyadan kelgan yölovçilar iştirok etgan va ular kosmosda taxminan bir soat vaqt ötkazgan.

Eslatib ötamiz, 2021 yil iyul oyida milliarder Jyeff Bezos şaxsan Blue Origin kompaniyasining New Shepard raketasida koinotga uçgandi. Öşanda u bilan birga bortda uning akasi Mark, 82 yoşli uçuvçi Uolli Fank va 18 yoşli niderlandiyalik Oliver Demen bölgan. Joriy yilning fevral oxirlarida Blue Origin kapsulasi kosmosga turistik parvozni muvaffaqiyatli amalga oşirgandi. Aprel örtalarida esa Blue Origin kompaniyasi faqat ayollardan iborat ekipaj bilan New Shepard raketasini uçirişga muvaffaq böldi.