Milliarder Riçard Brenson asos solgan Virgin Galactic kosmik kompaniyasi 10 avgust, payşanba kuni kosmik sayyohlardan iborat birinçi ekipajini koinot çekkasiga muvaffaqiyatli yetkazdi va ularni Yerga qaytardi. Parvoz kompaniyaning YouTube-kanalida translatsiya qilingan. 

SpaceShipTwo (VSS Unity) boşqariladigan kosmik kemasi Nyu-Meksikodagi «Amerika» kosmodromidan havoga kötarilgan WhiteKnightTwo egizak korpusli kuçaytiruvçi samolyotdan uçirildi. Kosmoletning taşuvçidan çiqarilişi 15 km balandlikda amalga oşirildi, şundan söng u taxminan 88 km balandlikka kötarildi, bu yerda vaznsizlik boşlanadi. Parvoz davomiyligi 45 daqiqani taşkil qildi. 

Uç kosmik sayyoh 

Bortda olti kişi - Virgin Galactic boş astronavtlar yöriqçisi Bet Mozes, qömondon Si Jyey Starkou, uçuvçi Kelli Latimer va uç sayyoh - Parkinson kasalligidan aziyat çekkan 80 yoşli sobiq britaniyalik sportçi Jon Gudvin, Keyşa Şaxaff va uning qizi Anasteyşa Mayyers bölgan. Sönggi ikkisi Antigua va Barbudadan bölib, xayriya lotereyasida uçiş huquqini qölga kiritgan. 

Kosmik kema parvozi Riçard Brensonning qariyb 20 yil oldin sayyohlarni koinotga olib çiqiş va ularga vaznsizlikni boşdan keçiriş hamda Yer sayyorasini köriş imkoniyatini beriş haqidagi va’dasining yakuni böldi. 

Bu Virgin Galactic uçun koinot çetiga ikkinçi tijorat parvoziga aylandi. 29 iyun kuni uşbu kompaniya olti kişidan iborat ekipajni muvaffaqiyatli uçirdi va Yerga qaytarib olib keldi, ular orasida ikki uçuvçi, Italiya HHK ikki xodimi, Italiya Milliy tadqiqot kengaşi muhandisi va Virgin Galactic xodimi bor edi. Ular bir neça daqiqani vaznsizlikda ötkazdi. Bu tadqiqot missiyasi edi - italiyaliklar bir neçta tajribalar ötkazib qaytdi.