Jahon | 07:43 / 11.05.2023
8409
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy: Ukraina hamkorlari yangi mudofaa paketlarini tayyorlamoqda

Kiyev xalqaro hamkorlari bilan faol ishlamoqda, Ukraina uchun “yangi mudofaa paketlari”ni kelishib olinmoqda. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy vatandoshlariga an’anaviy kechki videomurojaatida aytib o‘tdi.

Foto: president.gov.ua

"Yangi yechimlar - allaqachon ish darajasida. Osmonimiz uchun ko‘proq himoya, yerdagi mudofaa va harakatimiz uchun ko‘proq imkoniyatlar...", dedi Zelenskiy. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, 10 may kuni u shu mavzuda bir necha uchrashuvlar o‘tkazgan va yaqin kelajakda “hamkorlardan javob qadamlarini” kutmoqda.

Ukraina Yevropaning ideallari va qadriyatlari uchun, mustahkam birlik va tinchlikni yaratish, Yevropa sivilizatsiyasi qurilgan erkinlik, xilma-xillik va insoniyat uchun kurashmoqda, dedi Kiyevga kelgan Yevropa komissiyasi raisi Ursula fon der Lyayyen. 9 may kuni u Yevropada tinchlik o‘rnatish “o‘tgan asrning ko‘p qismida imkonsiz, dargumon” bo‘lib tuyulgani, ammo bunga erishilganini hech qachon unutmaslikka chaqirdi.

Endi Yevropa Ittifoqi doirasida erkin va tinch Ukraina haqida gapirish imkonsiz bo‘lib tuyulishi mumkin, dedi fon der Lyayyen Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan muzokaradan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida. "Ammo Yevropa imkonsiz narsaning uddasidan chiqyapti. Xuddi Ukraina kabi", - deya qo‘shimcha qildi u.

Fon der Lyayyen va Zelenskiy Kiyevdagi uchrashuvda Ukrainaning YeIga kirish yo‘lini muhokama qilishdi, deb ta’kidladi YeK rahbari. Uning so‘zlariga ko‘ra, keng ko‘lamli urush sharoitida zarur islohotlarni amalga oshirish uchun astoydil harakat qilayotgan Ukrainaning sa’y-harakatlarini hurmat qiladi. Bu ishni davom ettirish kerak va Ukraina hukumati islohotlar jarayonida Yevropa Ittifoqining ko‘magi va tajribasiga tayanishi mumkin, dedi fon der Lyayyen.

Mavzuga oid