O‘zbekiston | 09:56 / 12.05.2023
3479
2 daqiqa o‘qiladi

Hukumat fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni belgiladi

Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasini 2023 va 2024 yillarda amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan quyidagilarga qaratilgan, 26 ta tadbirdan iborat “Yo‘l xaritasi” tasdiqlanmoqda:

  • fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning huquqiy asoslarini izchil takomillashtirish;
  • fuqarolik jamiyati institutlariga ko‘maklashish hamda ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmini yanada takomillashtirish;
  • davlat va jamiyat boshqaruvida fuqarolik jamiyati institutlarining faol ishtirok etishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish;
  • davlat ijtimoiy loyihalarini amalga oshirishda fuqarolik jamiyati institutlarining ishtirokini yanada kengaytirish;
  • fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash.

 
“Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi Qonunni qayta ko‘rib chiqish O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondining grant tanlovlarini tashkil etish imkoniyatini beruvchi ochiq elektron platformani yaratish, BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyani amalga oshirish assotsiatsiyasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va boshqalar.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid