Jahon | 15:02 / 13.05.2023
22081
5 daqiqa o‘qiladi

Baxmut atrofidagi janglar, asir va yaradorlar. Urush suratlari

Ukrainada urushning 433-kuni o‘tdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • RF mudofaa vazirligi Ukraina QK 11 may kuni Donetsk oblasti Soledar yo‘nalishida «uzunligi 95 kilometr bo‘lgan butun tutashuv chizig‘i bo‘ylab hujumga o‘tgani» haqida ma’lum qildi. Rossiya harbiy idorasi versiyasiga ko‘ra, barcha hujumlar qaytarilgan.
  • «Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin Rossiya muntazam armiyasi bo‘linmalari Baxmutdagi Ukraina armiyasi ta’minotidagi asosiy yo‘l bo‘lgan Chasiv Yardan keluvchi yo‘lni ortiq bloklay olmayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, Prigojin RF mudofaa vaziri Sergey Shoyguga shaxsan Baxmutga kelishni taklif etdi.
  • CNN telekanali o‘z manbasiga tayangan holda Ukraina QK frontda qarshi hujum arafasida «shakllantiruvchi operatsiyalar» boshlagani haqida xabar qildi.
  • Rossiyada Kremlga dronlar hujumi haqidagi izoh uchun birinchi bor jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu ish figuranti Chelyabinskda yashovchi kishi bo‘lib, u «terrorizmga chaqiriq»da ayblanib, yetti yil muddatga qamalishi mumkin.
  • Britaniyaning The Times nashri «Yevrovideniye» tashkilotchilari Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyga konkurs tomoshabinlariga murojaat bilan chiqishiga ruxsat bermaganini xabar qildi. Zelenskiyning matbuot kotibi esa Ukraina prezidenti ofisi «Yevrovideniye» tashkilotchilariga bunday so‘rov bilan murojaat qilmaganini aytdi.

Konstantinovka o‘qqa tutilishi oqibatlari

12 may kuni Rossiya kuchlari Donetsk oblastidagi Konstantinovka shahrini yana bir bor o‘qqa tutdi. Shahar ma’muriyati rahbari Oleksey Roslov xabar qilishicha, otishma qariyb bir soat davom etgan. Donetsk oblasti rahbari Pavel Kirilenkoga ko‘ra, 28 ta xususiy uy, ikkita ko‘p qavatli uy, ikkita gaz uzatish quvuri va bir do‘kon binosi shikastlangan. Bir kishi yaralangan.

O‘t o‘chiruvchilar Konstantinovkaga 12 may kuni berilgan zarbalar oqibatida yonayotgan uy hududida
Sofiia Gatilova / Reuters / Scanpix / LETA

Baxmut atrofidagi ukrain harbiylari

«Vagner» XHK asoschisi Yevgeniy Prigojin 12 may kuni yana bir bor Rossiya muntazam armiyasi bo‘linmalarini Baxmut atrofidagi pozitsiyalarni jangsiz tashlab ketishda aybladi. Xususan, uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya qo‘shini endi Baxmutdagi Ukraina garnizonini Chasiv Yardagi ta’minot bazasi bilan bog‘lovchi yo‘lni bloklashni to‘xtatgan.

Prigojinning tasdiqlashicha, Baxmutni to‘liq egallash uchun uning jangchilari yana 20 ga yaqin ko‘p qavatli binoni egallashi talab etiladi. «Ammo endi Baxmutning egallanishi Rossiya Federatsiyasiga hech narsa bermaydi, chunki qanotlar parchalanmoqda, front qulamoqda», — deya qo‘shimcha qilgan vagnerchilar rahbari.

O‘z navbatida, Ukraina mudofaa vazirligi 12 may kuni Ukraina QK Baxmut yo‘nalishida ikki kilometrga ilgarilaganini tasdiqladi.

Ukraina armiyasi tanki Baxmut atrofida
Libkos / AP / Scanpix / LETA
Jangdan keyin dam olayotgan ukrainalik harbiy xizmatchilar
Serhii Nuzhnenko / Radio Free Europe / Scanpix / LETA
Rossiyalik askar jasadi yaqinidan o‘tayotgan ukrainalik harbiy
Serhii Nuzhnenko / Radio Free Europe / Scanpix / LETA
Harbiy mediklar Baxmut atrofidagi yo‘lda yaralangan jangchiga yordam ko‘rsatishmoqda
Boghdan Kutiepov / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik askarlar va rossiyalik harbiy asir qarshi hujum davomida egallangan pozitsiyada
Serhii Nuzhnenko / Radio Free Europe / Scanpix / LETA
Yuzi kuygan ukrainalik jangchi harbiy mediklar yordamga kelishini kutmoqda
Boghdan Kutiepov / AP / Scanpix / LETA

Benksi surati Irpindagi binodan demontaj qilinishi

Rossiyaning Ukrainaga bosqinining ilk oyidagi harbiy harakatlardan jiddiy shikastlangan Kiyev yaqinidagi Irpin shahrida devorida shar ustida turgan gimnastikachi qiz tasviri aks etgan ko‘p qavatli binoni snos qilish boshlandi. Bu britaniyalik ko‘cha rassomi Benksi Kiyev va Kiyev oblastining okkupatsiya qilingan hududlarida chizgan yetti graffitidan biridir.

Irpindagi graffiti aks etgan ko‘p qavatli bino otishmalar vaqtida jiddiy shikastlangan va uni ta’mirlab bo‘lmaydi. Ammo graffitining o‘zini saqlab qolishadi. «Nash Kiyev» nashrining yozishicha, gimnastkachi aks etgan devor qismini buzilayotgan uy yaqinidagi xiyobonga joylashtirish rejalashtirilgan.

Irpinda Benksi surati chizilgan bino devorining demontaj qilinishi
Andrii Nesterenko / Reuters / Scanpix / LETA

Mavzuga oid