Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mastercard O‘zbekistonda rasmiy vakolatxonasini ochadi
Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan YeTTBning yillik konferensiyasi doirasida Mastercard global to‘lov kompaniyasi O‘zbekistonda o‘zining birinchi rasmiy vakolatxonasi ochilishini ma’lum qildi.
«Rasmiy vakolatxonani ochish bizga joylardagi ehtiyojni yaxshiroq tushunish imkonini beradi va biz eng zamonaviy raqamli texnologik yechimlarni taklif etib, yanada g‘ayrat bilan ishlaymiz. Endilikda barchaning manfaati uchun, yaqin yillarda raqamli iqtisodiyot taraqqiyoti bo‘yicha umumiy maqsadlarga erishish yo‘lida, biz yanada faol va unumli ishlashimizga aminman», — dedi Mastercard’ning Sharqiy Yevropa, Yaqin Sharq, Afrika mintaqasi bo‘yicha prezidenti Dimitrios Dosis.
O‘tgan yilda Mastercard va O‘zbekiston Markaziy banki o‘rtasida uch yillik Raqamli texnologiyalar sohasida sheriklik to‘g‘risida kelishuv va Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan kichik va o‘rta korxonalarni raqamlashtirish, fintex, kiberxavfsizlik, turizm, aqlli shahar, moliyaviy savodxonlik, shuningdek moliyaning hammabopligi kabi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha Anglashuv memorandumi imzolangandi.
Mastercard ― to‘lovlar sohasidagi global texnologik kompaniya. Kompaniya missiyasi – tranzaksiyalarni xavfsiz, sodda, aqlli va hamyonbop qilish orqali hammaga, hamma joyda foyda keltiradigan inklyuziv raqamli iqtisodiyotni shakllantirish va kuchaytirish.
Mavzuga oid
09:14
YeTTB ko‘magida temiryo‘l harakatini boshqarish tizimi yangilanadi
17:52 / 18.06.2026
Shavkat Mirziyoyev YeTTB bilan keng ko‘lamli sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini belgiladi
10:31 / 05.06.2026
YeTTB O‘zbekiston iqtisodiyoti 2026 yilda 6,5 foizga o‘sishini prognoz qildi
17:00 / 13.05.2026