Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
“Kapitalbank” eksport hajmini oshirish to‘g‘risida bitim imzoladi
“Kapitalbank” ATB Yevropaning ODDO BHF moliyaviy guruhi bilan tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirish to‘g‘risidagi Bosh bitimni imzoladi.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining (YeTTB) Samarqandda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishi doirasida elektron tijorat va moliyaviy texnologiyalar ekotizimi hisoblanmish Uzum kompaniyalar guruhi tarkibiga kiruvchi O‘zbekistonning eng yirik xususiy tijorat banklardan biri,“Kapitalbank” ATB, ODDO BHF fransuz-nemis moliyaviy guruhi bilan birgalikda eksport-kredit agentliklari (EKA) qo‘l ostida eksport operatsiyalarini moliyalashtirish to‘g‘risidagi Bosh bitim imzolandi.
“Kapitalbank” ATB va ODDO BHF hamkorligi eksport qiluvchi kompaniyalarga tashqi savdo operatsiyalarini moliyalashtirish kafolatlarini olish imkonini beradi, bu esa mahalliy ishlab chiqaruvchilarning jahon bozoriga chiqish imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi.
- O‘zbekiston korxonalari mahsulotlarini tashqi bozorlarga eksport qilish hajmini oshirish mamlakat iqtisodiyoti barqaror o‘sishining muhim shartlaridan biri deb hisoblaymiz. Kapitalbank” ATBning ODDO BHF guruhi o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan kelishuv asosida moliyalashtirishni jalb qilishning yangi imkoniyatlari iqtisodiy faoliyatni diversifikatsiya qilish va iqtisodiyotning eng istiqbolli tarmoqlariga investitsiyalarni jalb qilish zamonaviy moliyaviy infratuzilmani shakllantirishga yordam beradi, - deya ta’kidlaydi “Kapitalbank” ATB Boshqaruvi raisi Kirill Mayevskiy.
Reklama
Mavzuga oid
17:00 / 19.11.2024
Kapitalbank bilan biznes: tadbirkor ayollarning muvaffaqiyatlari tarixi
17:00 / 05.11.2024
Kapitalbank bilan biznes: O‘zbekiston tadbirkorlarining muvaffaqiyatlari tarixi
17:00 / 24.10.2024
Kapitalbank Raiffeisenbank International AG mukofotiga sazovor bo‘ldi
17:00 / 23.10.2024