Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina tashqi ishlar vaziri Xitoyning maxsus vakili bilan uchrashdi
Ukraina Rossiya bilan mojaroni hal qilish, uning muzlatish va hududlarni berishni nazarda tutuvchi takliflarni qabul qilmaydi, dedi Dmitriy Kuleba Li Xuey bilan uchrashuvda.
Foto: Ukraina tashqi ishlar vazirligi
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitri Kuleba Kiyevga ikki kunlik tashrif bilan kelgan Xitoy hukumatining Yevrosiyo masalalari bo‘yicha maxsus vakili Li Xuey bilan uchrashdi. Bu haqda 17 may, chorshanba kuni Ukraina tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.
Idora ma’lumotlariga ko‘ra, tomonlar Ukraina va Xitoy o‘rtasidagi ham ikki tomonlama darajada, ham xalqaro tashkilotlar doirasidagi hamkorlikning dolzarb masalalarini, shuningdek, Rossiya agressiyasini to‘xtatish yo‘llarini muhokama qilgan.
"Kuleba XXR hukumatining maxsus vakiliga Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish asosida barqaror va adolatli tinchlikni tiklash tamoyillari haqida batafsil ma’lumot berdi. U Ukrainaning hududlari yo‘qotilishini yoki mojaroning muzlatilishini nazarda tutuvchi hech qanday taklifni qabul qilmasligini ta’kidladi”, deyiladi xabarda.
Tashqi ishlar vaziri, shuningdek, Xitoyning Kiyev tomonidan taklif etilgan “tinchlik formulasi”ni, Qora dengiz g‘alla tashabbusini amalga oshirish, yadro xavfsizligini ta’minlash va boshqa muhim xalqaro sa’y-harakatlardagi ishtiroki muhimligini qayd etdi.
Mavzuga oid
08:44
Ukraina Xorlidagi mehmonxonaga berilgan zarbaga aloqadorligini rad etdi
22:02 / 01.01.2026
Putin qarorgohiga hujum: Rossiya Mudofaa vazirligi dalillarni qo‘lga kiritganini da’vo qildi
17:43 / 01.01.2026
MRB Trampga: Ukraina Putinning qarorgohiga hujum qilishga urinmagan – OAV
16:38 / 01.01.2026