Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Xiroshimada G7 yetakchilari bilan uchrashuvlar o‘tkazmoqda
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Buyuk Britaniya bosh vaziri Rishi Sunakka Xiroshimada bo‘lib o‘tayotgan G7 yetakchilari sammitida «qiruvchi samolyotlar koalitsiyasi»ni shakllantirishdagi qo‘llab-quvvatlovi va yetakchiligi uchun minnatdorchilik bildirdi.
«Biz 14 may kuni Buyuk Britaniyada bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida erishilgan kelishuvlarni kelgusida amalga oshirishni muhokama qildik. Ukraina va Buyuk Britaniya o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish haqida gaplashdik va G7 sammiti arafasida o‘z pozitsiyalarimizni kelishib oldik», - deya izoh berdi Zelenskiy Sunak bilan uchrashuvga.
Ukraina prezidenti sammit doirasida Italiya bosh vaziri Jorja Meloni bilan ham uchrashgan.
«Biz Italiyaning Ukrainani mudofaa va siyosiy jihatdan qo‘llab-quvvatlashi hamda 13 may kuni Italiyaga tashrifining birinchi natijalarini muhokama qildik. Havo hujumidan mudofaa qobiliyatini, jumladan, uchuvchilarimizni tayyorlashni yaxshilash kerak», - deya izoh berdi Zelenskiy uchrashuv haqida.
Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy G7 («Katta yettilik») davlatlari yetakchilarining sammiti bo‘lib o‘tayotgan Xiroshimaga yetib borgandi. Yaponiya televideniyesi uning kelishi haqidagi ilk kadrlarni e’lon qildi.
Volodimir Zelenskiy Xiroshimadagi G7 sammitida shaxsan ishtirok etadi va u yerda AQSh prezidenti Jo Bayden bilan uchrashadi. Bu haqda avvalroq Ukraina prezidenti devoni rahbari Andrey Yermak umummilliy telemarafon efirida ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
08:56 / 11.07.2026
Ukraina Rossiyadagi strategik obektlarga zarbalarni kengaytirmoqchi
12:28 / 10.07.2026
Tramp Ukrainaga Patriot uchun raketalar litsenziyasini va’da qildi
21:27 / 08.07.2026
Tramp Ukrainaning Rossiya ichkarisiga bergan zarbalarini qo‘llab-quvvatladi
12:11 / 06.07.2026