Jahon | 09:05 / 23.05.2023
10824
2 daqiqa o‘qiladi

Germaniya Rossiyadan diversiya xavfi ortgani haqida ogohlantirdi

Konstitutsiyani himoya qilish federal idorasiga ko‘ra, Ukrainada urush boshlanganidan beri Rossiya maxsus xizmatlari ishining intensivligi, ko‘lami va murakkabligi sezilarli darajada oshdi.

Foto: iStock

Germaniyada Konstitutsiyani himoya qilish bo‘yicha federal idora (BfV) Rossiya tomonidan mamlakatda qo‘poruvchilik harakatlarining "xavfi ortgani" haqida xabar berdi. "Aslida Rossiya bunday qobiliyatga ega va agar kerak bo‘lsa, ularni nemis nishonlariga qarshi, birinchi navbatda, muhim infratuzilma sohasida yo‘naltirishi mumkin", dedi BfV rahbari Tomas Xaldenvang 22 may, dushanba kuni Berlindagi simpoziumda.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Germaniya rasmiylari allaqachon “tayyorgarlik ishlarini” qayd etgan – xususan, ta’minot sektori korxonalarining IT-infratuzilmasini kuzatish. Ayni paytda, Germaniyaning muhim infratuzilmasiga qaratilgan yirik kiberhujum hali qayd etilmadi, dedi u.

“Rossiyada juda kuchli kuchlar kiberhujumlarga tayyorlangan”, dedi Xaldenvang. "Hozir ular Ukraina infratuzilmasiga qarshi harakat qilmoqda. Agar ular AQSh, G‘arbiy Yevropa yoki Germaniyaga qarshi yo‘naltirilsa, biz haqiqatan ham murakkab hujumlar bilan hisoblashishga majbur bo‘lamiz", deya qo‘shimcha qildi u va Germaniya, shunga qaramay, bunday holatlarga yaxshi tayyorligini ta’kidladi. 

BfV ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya maxsus xizmatlari ishining intensivligi, ko‘lami va murakkabligi Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga keng ko‘lamli harbiy bostirib kirishi boshlanganidan keyin sezilarli darajada oshdi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid