Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Berlin yaqinida sovet askarlari yodgorligiga zarar yetkazildi
"Zeyelov tepaliklari" yodgorlik majmuasida bir oy ichida ikkinchi marta noma’lum shaxslar sovet askarlari yodgorligiga zarar yetkazishdi.
Foto: AP
23 may, seshanba kuni politsiya ma’lum qilishicha, Brandenburg federal yeridagi "Zeyelov tepaliklari" yodgorlik majmuasida Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan sovet askarlariga o‘rnatilgan yodgorlik toshlariga zarar yetkazilgan.
22 mayga o‘tar kechasi bitta yodgorlik tosh ag‘darilgan, yana to‘rttasi joyidan qo‘zg‘atilgan. Politsiya noma’lum shaxslarga nisbatan ishni tergov qilmoqda, deb xabar beradi epd. Bu may oyida majmua hududidagi ikkinchi vandalizm holatidir. Oy boshida bu yerda 14 ta qabr toshlari shikastlangan yoki ag‘darilgan, politsiya buni kim qilganini hali topa olmadi.
Yodgorlik 1945 yil noyabr oyida Berlindan 90 km sharqda joylashgan Brandenburg Zeyelovida ochilgan va Germaniyadagi birinchi shunday yodgorliklardan biriga aylandi. Berlin operatsiyasining eng shiddatli janglaridan biri shu yerda kuzatilgan, uning davomida 33 mingga yaqin sovet askarlari va zobitlari halok bo‘lgan. 1972 yilda bu yerda Zeyelov tepaliklari muzeyi tashkil etilgan.
Mavzuga oid
10:16 / 03.11.2025
Berlin: Terakt tayyorlaganlikda gumon qilingan suriyalik qo‘lga olindi
13:04 / 01.11.2025
Berlin aeroporti dron sabab ishini to‘xtatdi
13:51 / 31.10.2025
Toshkent viloyatidagi yodgorlikda 5–8-asr ibodatxonasi va jangchi sovuti bo‘laklari topildi
14:23 / 13.10.2025