Jahon | 14:44 / 24.05.2023
7122
2 daqiqa o‘qiladi

Navalniy shtabining sobiq rahbari koloniyadan chiqdi

Navalniyning tarafdori Andrey Borovikov Rammstein guruhi klipi uchun sudlangan. Ikki yildan ortiq qamoqda o‘tirganidan so‘ng u ozodlikka chiqdi.

Andrey Borovikov

Aleksey Navalniyning Arxangelsk shtabi sobiq rahbari va Shiyesdagi chiqindixona qurilishiga qarshi namoyishlar ishtirokchisi Andrey Borovikov ikki yildan ortiq qamoqda o‘tirganidan so‘ng Arxangelsk yaqinidagi koloniyani tark etdi. Bu haqda 23 may, seshanba kuni mahalliy “29.ru” nashri xabar berdi.

2021 yilda 32 yoshli Borovikov pornografiya tarqatganlikda ayblangan, u olti yil oldin Rammstein nemis guruhining qo‘shig‘iga havolani "Vkontakte" ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasiga qo‘shgan. Uning o‘zi qo‘zg‘atilgan ishni siyosiy ish deb baholadi. Faol 2,5 yilga qamalgan, keyinroq sud uning o‘g‘li tug‘ilishi munosabati bilan jazoni uch oyga qisqartirgan.

Andrey Borovikov jazoni Arxangelsk viloyatining Lesnaya Rechka qishlog‘idagi 7-sonli koloniyada o‘tagan. O‘tgan yilning noyabr oyidan boshlab u muntazam ravishda JIZOga jo‘natilgan va fevral oyida koloniyadagi qattiq sharoitda saqlash rejimiga o‘tkazilgan, deb yozadi "OVD-Info". Mart oyida Navalniyning tarafdori ozod etilganidan keyin ma’muriy nazoratga olinishi belgilandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid