Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Belarusda Rossiyaning yadro quroli bo‘yicha hujjatlar imzolandi
Bitim Minskda ikki davlat mudofaa vazirlari tomonidan imzolangan. Belarusda Rossiya yadro qurollari saqlanadigan ombor qurilishi iyul oyiga qadar yakunlanishi kerak.
Rossiya o‘zining yadroviy qurolini (YaQ) Belarusda joylashtirish bo‘yicha rejalarini amalga oshirmoqda. 25 may, payshanba kuni ikki davlat mudofaa vazirlari Sergey Shoygu va Viktor Xrenin Minskda «Rossiyaning strategik bo‘lmagan yadro qurollarini Belarus Respublikasi hududidagi maxsus omborda saqlash tartibini belgilovchi hujjatlarni» imzoladilar, deb xabar beradi Belarus Mudofaa vazirligi.
Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya va Belarus tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar «barcha mavjud xalqaro-huquqiy majburiyatlarga mos keladi». Uning ta’kidlashicha, Rossiya Belarus hududida strategik bo‘lmagan yadro qurollarini joylashtirgan holda, ularni Minskka o‘tkazmaydi, yadroviy qurollar ustidan nazorat va ulardan foydalanish bo‘yicha qaror Moskvada qoladi.
Bundan tashqari, vazirlar o‘z idoralari o‘rtasidagi «harbiy-siyosiy vaziyat va harbiy-texnik hamkorlik masalalarini muhokama qildilar». Sergey Shoygu G‘arbni Rossiya va Belarusga qarshi «e’lon qilinmagan» urush olib borayotganlikda aybladi.
25 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Minsk iltimosiga binoan Rossiya o‘zining taktik yadro qurolini (TYaQ) Belarusda joylashtirishini ma’lum qildi va Qo‘shma Shtatlar uzoq vaqtdan beri ittifoqdosh davlatlar hududida ham xuddi shunday yo‘l tutib kelayotganini ta’kidladi. Belarusda TYaQ uchun saqlash ombori qurilishi 1 iyulga qadar yakunlanishi rejalashtirilgan.
Moskva Minskka yadroviy qurol tashuvchisi bo‘la oladigan «Iskandar» raketa tizimini allaqachon topshirgan va Belarus samolyotlarini maxsus o‘q-dorilardan foydalanish uchun qayta jihozlashda yordam bergan. Belarus harbiy xizmatchilari Rossiyada tegishli tayyorgarlikdan o‘tgan.
Mavzuga oid
22:16 / 16.06.2026
Vatikan va «yahudiylar lobbisi» Putinni aldadi - Lukashenko
18:54 / 16.06.2026
Shavkat Mirziyoyev Belarus bosh vaziri bilan uchrashdi
22:20 / 24.05.2026
Makron Lukashenkoni Ukraina nizosiga aralashmaslikka chaqirdi
23:16 / 18.05.2026