Florida gubernatori AQSh prezidentligi uchun nomzodini ilgari surdi
U Respublikachilar partiyasidan yana bir nomzod, AQSh sobiq prezidenti Donald Trampning jiddiy raqibi sanaladi.
Florida gubernatori Ron DeSantis Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun kurashda ishtirok etishini rasman e’lon qildi.
DeSantis bu haqda AQSh Federal saylov komissiyasiga ariza topshirdi.
44 yoshli DeSantis 2019 yildan beri Florida gubernatori lavozimida ishlab kelmoqda. Bungacha u 2013 yildan 2018 yilgacha ushbu shtatdan AQSh Kongressi Vakillar palatasining a’zosi bo‘lgan. U boshqa respublikachi nomzodlar orasida sobiq prezident Donald Trampning eng jiddiy raqibi sanaladi.
Qayd qilish joiz, Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod bo‘lish uchun bir necha kishi raqobatlashmoqchi ekanini allaqachon e’lon qilgan, jumladan Trampning o‘zi, Janubiy Karolina shtatidan respublikachi senator Tim Skott, AQShning BMTdagi sobiq elchisi Nikki Heyli, Arkanzas shtatining sobiq gubernatori Asa Hatchinson va tadbirkorlar Vivek Ramasvami, Perri Jonson, shuningdek, radio boshlovchisi Larri Elder.
Hozircha Demokratik partiyadan prezidentlik praymerizlarida ishtirok etish uchun AQSh prezidenti, 80 yoshli Jo Bayden, kenja Jon Kennedi va yozuvchi Marianna Uilyamson nomzodini qo‘ygan.
DeSantis respublikachilar orasida juda mashhur. U Yyel va Harvard universitetlarini tamomlagan va malakasi bo‘yicha huquqshunos. 2004-2019 yillarda u AQSh dengiz flotida xizmat qilgan.
AQSh prezidenti saylovi 2024 yilda o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
09:19
Italiyadagi xushmanzara qishloq Tramp boshqaruvidan norozi amerikaliklarga 1 dollardan uy taklif qilmoqda
23:52 / 26.11.2024
AQShda klinik o‘limdan omon qolgan erkak vaqt o‘tib jinoyatchiga aylandi
18:19 / 26.11.2024
Boeing AQSh Harbiy-havo kuchlaridan 2,4 mlrd dollarlik buyurtma oldi
18:06 / 26.11.2024