Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreya O‘zbekistonda chiqindilarni qayta ishlash bo‘yicha loyihani amalga oshiradi
Tabiat resurslari vazirligi Koreya atrof-muhit sanoati va texnologiyalari instituti bilan qiymati 6,6 mln dollar miqdoridagi grant loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bitim imzoladi.
Vazirlik xabariga ko‘ra, uchrashuvda Jizzax viloyatida tibbiyot chiqindilarini utilizatsiya qilish va poligonlardan chiqayotgan gazlarni ushlab qoluvchi obektlarni qurish loyihasi doirasida dastlabki istiqbollari muhokama qilindi.
Loyiha doirasida 500 kVt-1 MVt quvvatiga teng chiqindi poligonlaridan chiqayotgan gazlarni yig‘ish inshooti, 500 kVt-1 MVt quvvatga ega elektr stansiyasiga ulanishi mumkin bo‘lgan chiqindi gaz yig‘ish tizimi quriladi.
Uchrashuvda kelgusida Koreya atrof-muhit sanoati va texnologiyalari institutining Toshkentdagi ofisini ochish istiqbollari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
10:30 / 04.07.2026
O‘zbekistonda 11 ta chiqindidan energiya ishlab chiqarish zavodi quriladi
09:15 / 27.06.2026
Qaysi mamlakatlarda yadro chiqindilari eng ko‘p? Yangi xarita e’lon qilindi
09:05 / 20.06.2026