Maktabga qatnashda Sirdaryodan qayiqda suzib o‘tadigan qiz o‘qishini sport markazida davom ettiradi
6-sinfga o‘tgan Zamira To‘ychiyeva Guliston Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida, akademik eshkak eshish yo‘nalishida o‘qishini davom ettiradi. Markazda yotoqxona va 4 mahal bepul ovqatlanish tashkil etilgan, ya’ni o‘quvchi qiz endi Sirdaryoni suzib o‘tib maktabga qatnashi shart bo‘lmaydi.
O‘tgan yil oxirida Sirdaryo viloyatining Guliston tumanidagi maktabga borish uchun Sirdaryoni qayiqda suzib o‘tadigan 12 yashar Zamira To‘ychiyeva internetda mashhur bo‘lib ketgan edi. Kun.uz holat haqida reportaj tayyorlagandi.
O‘shanda Sirdaryo viloyati hokimi Akmaljon Mahmudaliyev qizning maktabiga borib, unga noutbuk va kitoblar sovg‘a qilgan, onasi bilan gaplashib, Zamiraning puxta bilim olishi uchun barcha yordamni ko‘rsatishini aytgandi.
Viloyat hokimligi matbuot xizmatining xabar berishicha, 5-sinfni tamomlagan qiz endi har kuni daryoni kechib maktabga bormaydi. Viloyat hokimining taklifiga ko‘ra, u yangi o‘quv yilidan boshlab Guliston Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida akademik eshkak eshish yo‘nalishida o‘qishni davom ettiradigan bo‘ldi.
“Markazda yotoqxona va 4 mahal bepul ovqat bilan ta’minlanadi. Shuningdek, bo‘sh vaqtlarida unga Yoshlar markazida dasturlash hamda IT-sohasini o‘rganishi uchun sharoit yaratib beriladi”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
13:56 / 22.11.2024
O‘zbekistonda har yetti o‘quvchidan kamida bittasi maktabda o‘zini xavfsiz his qilmaydi, nega?
14:33 / 21.11.2024
Nega o‘zbek ota-onalari bolasini rus sinflariga beradi?
20:51 / 18.11.2024
“Qurollar qanchalik zamonaviy bo‘lmasin, milliy g‘urursiz ish bitmaydi” - maktablarga harbiy darslar nega kerak?
16:44 / 11.11.2024