AQSh sobiq vitse-prezidenti Mayk Pens prezidentlik poygasiga qo‘shildi
U sobiq prezident Donald Tramp va Florida gubernatori Ron DeSantis raqibi bo‘ladi.
AQSh sobiq vitse-prezidenti Mayk Pens 2024 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etish uchun o‘zini Respublikachilar partiyasidan nomzod sifatida e’lon qildi.
Endi u sobiq prezident Donald Trampga qarshi kurashni tashkil qilishi kerak. Saylovda respublikachilardan faqat yagona nomzod ishtirok etishi mumkin. Pens o‘z kampaniyasini 7 iyun kuni Ayova shtatida video va nutq bilan boshlaydi.
Pens avvalroq Donald Tramp tarafdori bo‘lgan, ammo 2020 yilgi saylovda Jo Baydenga yutqazganidan so‘ng, Tramp saylov natijalarini bekor qilishga uringanida, uni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortgan edi.
Sodiq ijtimoiy konservator, Indiana shtatining sobiq gubernatori Pens 2021 yil 6 yanvarda Tramp tarafdorlari AQSh Kapitoliysiga hujum qilganidan so‘ng, bu tartibsizliklar o‘zini va oilasini xavf ostida qoldirganini aytib, Trampdan uzoqlashgan edi. Pens o‘sha paytda bino ichida bo‘lgan.
Pens prezidentlik uchun kurashadigan respublikachilar ro‘yxatida Trampdan tashqari, senator Tim Skott, Florida gubernatori Ron DeSantis va Janubiy Karolinaning sobiq gubernatori Nikki Heyli, shuningdek, katta ehtimol bilan Dug Burgamga raqiblik qiladi. Nyu-Jyersi shtatining sobiq gubernatori Kris Kristi 8 iyun kuni poygaga qo‘shilishini e’lon qilsa, respublikachi nomzodlar soni yanada oshadi.
Nomzodlik uchun kurashayotgan nomzodlar soni Trampning Respublikachilar partiyasidagi ko‘plab raqiblarini xavotirga solmoqda, ular Trampga qarshi ovozlar bo‘linib ketishi va partiya nomzodini sobiq prezidentga topshirishidan qo‘rqishadi.
Mavzuga oid
23:52 / 26.11.2024
AQShda klinik o‘limdan omon qolgan erkak vaqt o‘tib jinoyatchiga aylandi
18:19 / 26.11.2024
Boeing AQSh Harbiy-havo kuchlaridan 2,4 mlrd dollarlik buyurtma oldi
18:06 / 26.11.2024
Tramp Meksika, Kanada va Xitoy tovarlariga boj joriy etilishini e’lon qildi
17:41 / 26.11.2024