Hindistondagi temiryo‘l halokati sababi - signalizatsiya tizimidagi nuqson
Hindiston temiryo‘l vaziri Odisha shtatida kamida 288 kishining hayotiga zomin bo‘lgan poyezdlar to‘qnashuvi sabablarini aytdi.
Hindiston hukumatiga ko‘ra, mamlakat sharqidagi Odisha shtatida poyezdlar halokatiga elektron signalizatsiya tizimining nosozligi sabab bo‘lgan. Hindiston temiryo‘l transporti vaziri Ashvini Vayshnav 4 iyun, yakshanba kuni tergov jarayonini izohlar ekan, ikki kun avval sodir bo‘lgan fojianing bu sababini batafsil tafsilotlarni keltirmasdan aytdi. “Biz hodisa sabablarini va aybdorlarni aniqladik”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan ANI agentligi.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, qo‘shimcha tafsilotlar tergov bo‘yicha yakuniy hisobot e’lon qilinganidan keyingina ma’lum bo‘ladi.
2 iyun oqshomida Odisha shtatida poyezdlar to‘qnashuvi oqibatida kamida 288 kishi halok bo‘ldi, 900 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bu Hindistonda so‘nggi 20 yildagi eng yirik temiryo‘l halokatidir. Mamlakat hukumatining rasmiy bayonotida aytilishicha, Kalkuttadan Chennayga ketayotgan tezyurar "Koromandel ekspress" poyezdi Balasor shahri yaqinida relsdan chiqib ketgan. Xuddi shu hududda SMVB-HWH Superfast Express G‘arbiy Bengaliyaga ketayotganda relsdan chiqib ketdi.
Hindiston bosh vaziri Narendra Modi halok bo‘lganlarning oila a’zolariga hamdardlik bildirdi va jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayib ketishini tiladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u temiryo‘l transporti vaziri Ashvini Vayshnav bilan ham suhbatlashgan.
Mavzuga oid
20:33 / 13.11.2024
«O‘zbekiston temiryo‘llari» 1 dekabrdan yuk tashish tariflarining vagon qismini 30 foizga oshiradi
20:00 / 13.11.2024
«O‘ztemiryo‘lkonteyner» AJning 35 foiz aksiyalari 200 mlrd so‘mga sotildi
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
19:10 / 13.11.2024