Jahon | 16:22 / 06.06.2023
4066
3 daqiqa o‘qiladi

Xitoy Qozog‘iston bilan savdo hajmi bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketishi mumkin

Xitoy yaqin bir necha yil ichida Qozog‘iston bilan savdo hajmi bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketadi, deya ma’lum qildi respublika bosh vaziri o‘rinbosari. Uning so‘zlariga ko‘ra, 2030 yilga borib Qozog‘istonning Xitoy bilan savdosi butun Yevropa Ittifoqi bilan savdodan oshadi. Rossiya Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin 30 yildan ortiq vaqtdan beri Qozog‘istonning eng yirik savdo sherigi bo‘lib kelgan, biroq sanksiyalar uni ikkinchi planga o‘tkazib, Xitoyga Markaziy Osiyoda o‘z ta’sirini kuchaytirishga imkon berdi, deb yozadi Bloomberg.

Xitoy tez orada Qozog‘iston bilan savdo hajmi bo‘yicha Rossiyadan o‘zib ketadi. Bu haqda respublika bosh vaziri o‘rinbosari, Qozog‘iston savdo vazirligi rahbari Serik Jumangarin Bloomberg agentligi bilan suhbatda ma’lum qildi. 

Rossiya Sovet Ittifoqi parchalanganidan keyin 30 yildan ortiq vaqt davomida Qozog‘istonning eng yirik savdo sherigi bo‘lib kelgan, biroq unga qo‘llangan moliyaviy va iqtisodiy sanksiyalar Moskvani ikkinchi o‘ringa tushirib, Xitoyga Markaziy Osiyo mintaqasida o‘z ta’sirini kuchaytirish imkonini berdi, deya ta’kidlaydi agentlik.

Jumangarinning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston bilan savdo hajmi bo‘yicha Xitoyning Rossiyadan o‘zib ketishi «bir necha yillik ish». 2030 yilga borib esa Qozog‘istonning Xitoy bilan savdosi respublikaning Yevropa Ittifoqining barcha 27 davlati bilan savdosidan oshib ketadi, dedi vazir. 

Qozog‘iston Milliy statistika byurosi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan yili Xitoy va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo hajmi uchdan bir qismga o‘sib, 24 milliard dollarga yetdi, bu Rossiya bilan savdodan atigi 2 milliard dollarga kam. 2022 yilda ular 6 foizdan biroz ko‘proqqa o‘sdi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid