Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeI sudi: Polshadagi sud islohoti Yevropa Ittifoqi qonunlarini buzyapti
Yevropa Ittifoqi sudi Polshada davom etayotgan sud-huquq islohoti yuzasidan Varshava bilan ziddiyatdagi Yevrokomissiyaning shikoyatini qanoatlantirdi. Sud qarorida aytilishicha, bu islohot Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga ziddir.
Polsha Varshava hukumati tomonidan olib borilayotgan sud-huquq islohoti bo‘yicha Bryussel bilan bahsda Yevropa Ittifoqi sudida yakuniy mag‘lubiyatga uchradi. 5 iyun, dushanba kuni Lyuksemburg sudi Yevrokomissiyaning shikoyatini qanoatlantirib, Polsha islohoti qoidalari Yevropa Ittifoqi qonunchiligiga zid ekanini tan oldi.
Xususan, gap Polsha sudlari endi intizomiy javobgarlikka tortilish xavfisiz Yevropa Ittifoqi qonunchiligini o‘rgana olmasligi yoki sudyalar hokimiyat organlariga o‘zlarining siyosiy faoliyati to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etishi shartligi haqida bormoqda. Sudyalarning tashkilot yoki partiyaga a’zoligini e’lon qilishi va bu ma’lumotlarning e’lon qilinishi shaxsiy hayotni hurmat qilish bo‘yicha asosiy huquqlarni buzadi, deyiladi YeI sudi qarorida.
Yevropa Komissiyasi bu qarorni olqishladi. “Bugun Polshada mustaqil sud tizimini tiklash uchun muhim kun”, deb yozdi Yevropa komissari Dide Reynders Twitter'da.
Varshava, o‘z navbatida, sud qarorini tanqid qildi. "Bu qaror sudyalar tomonidan emas, balki siyosatchilar tomonidan yozilgan. Bu Yevropa shartnomalarini ochiqdan ochiq buzish, Yevropa sudida yo‘q bo‘lgan vakolatlarga tajovuzdir", - dedi Polsha adliya vaziri Zbignev Zyobro.
Mavzuga oid
10:45 / 29.06.2026
Germaniya Polshaga 300 mln yevrogacha tovon to‘lashi mumkin
08:53 / 23.06.2026
Starmer iste’fosidan so‘ng YeI – Buyuk Britaniya sammiti qoldirildi
16:09 / 21.06.2026
Kiyev va Varshava o‘rtasida – «ordenlar urushi» ketmoqda
08:58 / 19.06.2026