Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Buyuk Britaniya sun’iy intellekt bo‘yicha birinchi global sammitga mezbonlik qiladi
Birinchi global sammitda ishtirokchilar SI texnologiyalarini tartibga solish va xavfsiz foydalanish asoslarini muhokama qilishlari kutilmoqda.
Buyuk Britaniya 2023 yil kuzida sun’iy intellekt (SI) texnologiyasi xavfsizligi va tartibga solinishi bo‘yicha birinchi global sammitga mezbonlik qiladi, deb xabar qildi bosh vazir Rishi Sunak 7 iyun, chorshanba kuni AQShga tashrifi chog‘ida.
Sammitning asosiy mavzusi sun’iy intellektni “xavfsiz va mas’uliyatli tarzda” ishlab chiqish va joriy etish bo‘ladi”, — deyiladi hukumat matbuot xizmati xabarida. "SI hayotimizni yaxshi tomonga o‘zgartirish uchun aql bovar qilmaydigan salohiyatga ega. Lekin biz uning xavfsiz tarzda ishlab chiqilishi va ishlatilishiga ishonch hosil qilishimiz kerak. Hech bir davlat buni yolg‘iz bajara olmaydi. Buning uchun global sa’y-harakatlar talab etiladi", - dedi Sunak.
Bosh vazir Buyuk Britaniya sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha AQSh va Xitoydan keyin uchinchi o‘rinda turishini ta’kidladi. "Bizning sun’iy intellekt sektorimiz Buyuk Britaniya iqtisodiyotiga 3,7 milliard funt sterling hissa qo‘shmoqda va butun mamlakat bo‘ylab 50 000 kishini ish bilan ta’minlamoqda", dedi Sunak.
Kuzgi sammitda tartibga solish asoslarini yaratish uchun “fikrdosh mamlakatlar” vakillari yig‘ilishi kutilmoqda, deb yozadi AFP. Iyul oyida Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri BMT Xavfsizlik kengashining xalqaro tinchlik va xavfsizlik uchun sun’iy intellektning imkoniyatlari va xatarlari bo‘yicha birinchi brifingini o‘tkazish niyatida, deb xabar berdi hukumat.
Mavzuga oid
20:15 / 09.07.2026
Meta sun’iy intellektga Instagramdagi suratdan egasini ogohlantirmasdan foydalanishga ruxsat berdi
20:38 / 08.07.2026
“Sun’iy intellekt qadriyatli insonni yenga olmaydi” – ekspert bilan suhbat
21:19 / 06.07.2026
Nokia sun’iy intellektga ega tugmali telefonlarni taqdim etdi
10:15 / 06.07.2026