Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Foto: Kanadadagi o‘rmon yong‘inlari Nyu-Yorkni quyuq tutun ichida qoldirdi
Quyidagi fotosuratlarda Ozodlik haykali deyarli ko‘rinmay qolgan. Shahardagi osmono‘par binolarni ham ko‘rish qiyinlashgan.
Kanadada kuchli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Mamlakat hukumati xabar berishicha, 7 iyun kuni 414 ta o‘rmon yong‘ini qayd etilgan, shundan 239 tasining tarqalishi hali nazoratga olinmagan. Olov qamrab olgan maydon hajmi — 3,8 million gektarni tashkil etadi. Kanadada ikki hafta oldin boshlangan yong‘inlar AQSh shimolidagi shaharlarga ta’sir qilmoqda. 6 iyun kuni Nyu-York dunyodagi barcha yirik megapolislar orasida havo ifloslanishi eng yuqori bo‘lgan shaharlar ro‘yxatida birinchi o‘ringa chiqib qoldi. Mahalliy maktablar va boshqa ta’lim muassasalari ochiq havoda rejalashtirilgan mashg‘ulotlarni bekor qilmoqda. Nyu-York osmoni kulrang va to‘q sariq rangga burkangan. Shahar meri Erik Adams aholini ko‘chada niqobda yurishga va imkon qadar derazasi yopiq bo‘lgan xonalarda qolishga chaqirdi. Quyida Nyu-Yorkning bugungi kundagi manzaralari aks etgan suratlar.
ZUPR / BACKGRID / Vida Press
David Dee Delgado / Getty Images
Andrew Kelly / Reuters / Scanpix / LETA
Timothy A. Clary / AFP / Scanpix / LETA
Mavzuga oid
08:06 / 13.05.2026
Nyu-Yorkdan Londonga 3,5 soatda: yangi aviatsiya davri boshlanmoqda
12:21 / 01.01.2026
Zohran Mamdani – Nyu-Yorkning ilk musulmon meri Qur’on bilan qasamyod qildi
17:49 / 13.09.2025
Tramp Nyu-Yorkda Qatar bosh vaziri bilan tushlik qildi
07:26 / 05.07.2025