Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya Senati qurollarni Ukrainaga reeksport qilishga ruxsat berdi
Kantonlar kengashi Shveytsariya qurollarini import qiluvchi mamlakatlarga besh yildan so‘ng ularni qayta sotishga ruxsat berish haqida qaror qabul qildi.
Foto: Getty Images
Shveytsariya Senati (Kantonlar kengashi) qonunga o‘zgartirish kiritishni ma’qulladi, unga ko‘ra, Shveytsariya qurollarini harbiy mojarolarda ishtirok etayotgan mamlakatlarga reeksport qilish mamlakatning betarafligi konsepsiyasiga zid emas va unga ma’lum shartlar asosida ruxsat berilishi kerak. Bu haqda 7 iyun, chorshanba kuni chop etilgan Senat saytidagi press-relizda ma’lum qilindi.
Tegishli qaror uchun 22 senator yoqlab, 17 nafar senator qarshi ovoz berdi, yana to‘rt nafari betaraf qoldi.
Hozirda Shveytsariya qurollarini sotib olgan barcha davlatlar ishlab chiqaruvchining ruxsatisiz ularni eksport qilmaslik majburiyatini imzolaydi. Kantonlar kengashi "Shveytsariya qadriyatlariga xayrixoh bo‘lgan" import qiluvchi mamlakatlarga Shveytsariya roziligisiz besh yildan keyin qurollarni qayta sotishga ruxsat berilishi mumkin degan qarorga keldi. Shuningdek, qurollarni harbiy mojarolarda ishtirok etayotgan mamlakatlarga qayta sotish mumkin, ammo bunda ular o‘zini himoya qilayotgan bo‘lishi shart.
Endilikda tuzatish parlamentning ikkinchi palatasi – Shveytsariya Milliy kengashi tomonidan ko‘rib chiqilishi kerak. 2 iyun kuni u buni rad etgandi.
Mavzuga oid
18:10 / 15.12.2025
Toshkentda yashovchi shaxs uyini ta’mirlash chog‘ida granata va boshqa qurollarni topib oldi
09:37 / 13.12.2025
Shveytsariya Rossiyaga qarshi YeIning 19-sanksiya paketini qo‘llab-quvvatladi
01:22 / 07.12.2025
AQSh Ukrainaga ko‘proq qurol yetkazib berishni va’da qildi – OAV
09:44 / 04.12.2025