Washington Post: Ukraina qarshi hujumga o‘tdi
Rossiya Mudofaa vazirligi hujumlar qaytarilganini ma’lum qildi.
Ukraina harbiylari «uzoq kutilgan qarshi hujumni» boshladi, deb yozdi The Washington Post.
Nashrning to‘rtta manbasi bergan ma’lumotga ko‘ra, Ukraina qo‘shinlari mamlakatning janubi-sharqida rossiyaliklarning ilg‘or pozitsiyalariga zarbalarini kuchaytirgan va bosib olingan hududlarga «sezilarli hujum» boshlagan.
Ukraina Qurolli Kuchlari matbuot kotibi Valeriy Shershen, o‘z navbatida, Zaporijjya viloyatida «faollik kuchayganini» tasdiqladi, ammo buni «jiddiy voqea deb atamasligini», bu mintaqada Ukraina kuchlari, asosan, himoyalanishda davom etayotganini aytdi.
Shershen, shuningdek, Donetsk viloyatida «mahalliy ahamiyatga ega qarshi hujum harakatlari», xususan, Velika Novosilka qishlog‘i uchun olib borilayotgan janglarni tasdiqladi.
5 iyun kuni Ukraina mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar Ukraina Qurolli kuchlari «ayrim yo‘nalishlarda» hujumga o‘tganini aytgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, asosiy e’tibor Baxmutga qaratilgan, frontning janubiy qismida esa faqat mahalliy ahamiyatga ega janglar bo‘lmoqda.
6 iyun kuni Ukraina prezidenti devoni maslahatchisi Mixail Podolyak Kaxovka GES to‘g‘onining vayron qilinishi qarshi hujum rejalarini o‘zgartirishi mumkinligini ta’kidladi.
7 iyun kuni Ukraina Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Oleksiy Danilov Ukraina hali qarshi hujumga o‘tmaganini va agar hujum boshlansa, «hamma bu haqda bilishini» da’vo qildi.
O‘z navbatida, Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu 8 iyunga o‘tar kechasi Ukraina Zaporijjya yo‘nalishida Rossiya mudofaasini yorib o‘tishga uringanini aytdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, hujum yarim tunda 1500 kishi va 150 ta zirhli texnikadan iborat 47-mexanizatsiyalashgan brigada tomonidan boshlangan.
«Rossiya razvedkasi dushmanni payqab, artilleriya, aviatsiya va tankka qarshi qurollar bilan profilaktik zarbalar berdi. Ikki soatlik jang bo‘ldi, dushman to‘rt yo‘nalishda to‘xtatildi», dedi mudofaa vaziri.
Shoygu jang oqibatida rossiyalik harbiylar orasida qurbonlar bor-yo‘qligi haqida ma’lumot bermadi.
Mavzuga oid
07:54
Ukraina Jahon bankidan deyarli 5 mlrd dollar oladi
20:12 / 22.11.2024
«Aftidan qo‘rqinchli, ammo hech narsani o‘zgartirolmaydi» - «Oreshnik» qanaqa raketa?
14:17 / 22.11.2024
Vengriya Ukraina bilan chegarada HMM tizimlarini o‘rnatish niyatida
09:12 / 22.11.2024