AQSh Ukrainaga yangi harbiy yordam paketini e’lon qildi
Kiyevga 2,1 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketi havo hujumidan mudofaa tizimlari, dronlar va o‘q-dorilarni o‘z ichiga oladi.
AQSh Ukrainaga 2,1 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini taqdim etadi. 9 iyun, juma kuni AQSh Mudofaa vazirligi saytida chop etilgan xabarga ko‘ra, u Qo‘shma Shtatlarning Kiyevni so‘zsiz qo‘llab-quvvatlashini namoyish qilishi kerak.
Yangi paketga Patriot havo mudofaa tizimlari uchun raketalar, Hawk havo mudofaa tizimlari va ular uchun raketalar, 105 mm va 203 mm artilleriya snaryadlari, Puma uchuvchisiz uchish apparatlari, lazer bilan boshqariladigan raketa tizimlari uchun o‘q-dorilar kiradi. Bundan tashqari, Ukraina Qurolli kuchlarini tayyorlash, texnik xizmat ko‘rsatish va ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar uchun mablag‘ ajratiladi.
AQSh Mudofaa vazirligi ushbu yordam Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbusi doirasida taqdim etilishini aytdi. Bu holat Pentagon zaxiralaridan asbob-uskunalar va o‘q-dorilarni to‘g‘ridan to‘g‘ri topshirishni emas, balki harbiy-sanoat kompleksi korxonalari yoki ittifoqchilar bilan tegishli harbiy texnikani ishlab chiqarish yoki sotib olish bo‘yicha shartnomalar tuzishni nazarda tutadi.
Mavzuga oid
09:00
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz
08:19
Bayden respublikachilarni Ukrainaga yordam berishga ishontirmoqchi
21:05 / 10.11.2024
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
20:11 / 10.11.2024