Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda o‘qituvchini kaltaklaganlar jazolanadi – Komil Allamjonov
Uchtepa tumanidagi 62-sonli maktabning informatika fani o‘qituvchisini kaltaklashda ishtirok etganlar qonun oldida javob beradi.
Prezident Administratsiyasi rahbarining o‘rinbosari Komil Allamjonov Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi 62-sonli maktab informatika fani o‘qituvchisining kaltaklanishi bilan bog‘liq holatni qoraladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aybdorlarni jazolash bo‘yicha huquq-tartibot organlariga kerakli ko‘rsatmalar berilgan.
«Toshkent shahar, Uchtepa tumanidagi 62-sonli maktabning informatika fani o‘qituvchisini kaltaklashda ishtirok etgan kimki bo‘lsa, ularning barchasi qonunda belgilangan tartibda qattiq jazolanadi. Bu bo‘yicha huquq-tartibot organlariga kerakli ko‘rsatmalar berildi. Vallomati bo‘lsa ham o‘qituvchini xafa qilishga xech kimning haqqi yo‘q», dedi Allamjonov.
8 iyun kuni Toshkent shahri, Uchtepa tumanidagi 62-sonli maktab informatika fani o‘qituvchisi maktab o‘quvchisi va uning oila a’zolari tomonidan kaltaklangani ma’lum bo‘ldi. Janjal oqibatida jarohatlangan o‘qituvchi «tez yordam» mashinasida shifoxonaga olib ketilgan. Aniqlanishicha, kelishmovchilik dastlab o‘quvchilarning o‘qituvchiga qilgan behurmatligi oqibatida yuzaga kelgan.
Holat yuzasidan IIB surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Mavzuga oid
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026
Toshkentda eng ko‘p aholi savdo sohasida band
11:40 / 08.06.2026