Jahon | 11:16 / 12.06.2023
7322
2 daqiqa o‘qiladi

Pokiston birinchi marta Rossiyadan neft sotib oldi

Pokiston Rossiya neftini chegirma bilan sotib oldi, xomashyoni tushirish 12 iyundan boshlanadi.

Foto: hotgeo.ru

Rossiyadan xom neftning birinchi partiyasi Pokistonga yetib keldi, deb xabar berdi bosh vazir Shahboz Sharif. Unga ko‘ra, xomashyo chegirma bilan xarid qilingan, konteynerlarni tushirish 12 iyun, dushanba kuni boshlanadi.

Rossiya birinchi marta Pokistonga neft yetkazib berdi. Energetika vaziri Xurram Dastgir Xon may oyida xabar berganidek, Pokiston rasmiylari xaridni dollarda to‘lagan. Avvalroq Express News kanali chegirma bir barrel uchun 18 dollargacha bo‘lishi mumkinligini yozgan edi. 2022 yil oxirida Pokistonning The News gazetasi Islomobod Moskvadan 30-40 foiz chegirma so‘ragani, keyin esa muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganini ta’kidlagandi.

5 dekabr kuni Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi tufayli Yevropa Ittifoqi, G7 davlatlari va Avstraliya tomonidan joriy qilingan Rossiya nefti bir barreliga 60 dollarlik narx chegarasi kuchga kirdi. Xuddi shu kuni Yevropa Ittifoqining Rossiya Federatsiyasidan dengiz orqali yetkazib beriladigan neftga embargosi ​​ish boshladi va Rossiya neft mahsulotlari uchun narx chegaralari kuchga kirdi - xomashyo turiga qarab bir barrel uchun 45 va 100 dollar darajasida.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid