O‘zbekiston | 08:42 / 12.06.2023
7667
2 daqiqa o‘qiladi

Turkiya Xorazmda gaz-porshenli elektr stansiyasi quradi

Prezidentning “Xorazm viloyatida elektr energiyasini ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish, aholi va iqtisodiyot tarmoqlarini energiya resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Foto: Energetika vazirligi

Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi Nidro Enerji Elektrik Uretim Sanayi A.Ş. (Turkiya) kompaniyasi bilan Xorazm viloyatida quvvati 174 MVt bo‘lgan gaz-porshenli elektr stansiyasini qurish investitsiya loyihasini amalga oshirishi rejalashtirilgan.

Investitsiya loyihasini amalga oshirish maqsadida investor tomonidan Odaş Enerji SA MChJ (loyiha kompaniyasi) tashkil etilgan.

Xorazm viloyati hokimligi tomonidan investitsiya bitimi va elektr energiyasini sotib olish to‘g‘risidagi bitimda ko‘rsatilgan shartlarga mos keladigan yer uchastkasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligiga doimiy foydalanish huquqi bilan ajratilgan.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Xorazm viloyati hokimligi tomonidan ajratilgan 7 gektar yer maydonini Odaş Enerji SA MChJga investitsiya loyihasini amalga oshirishi uchun 25 yil muddatga nol stavka asosida to‘g‘ridan to‘g‘ri ijara shartnomasi rasmiylashtirishni ta’minlaydi.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi agentlikka ajratilgan 4,7 gektar sug‘oriladigan ekin yer maydonlari bo‘yicha Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va oziq-ovqat ta’minoti jamg‘armasiga o‘rniga teng qiymatli yangi yerlarni o‘zlashtirish uchun sarflanishi lozim bo‘lgan mablag‘ni undirishdan ozod qilinadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid